32
mavjudligini bilvosita isbotlashda qo`llaniladigan mantiqiy usullardan
biri bo`lib, uning mazmuni quyidagichadir: n ta qutiga soni n dan ortiq
bo`lgan
predmetlar joylashtirilsa, u holda shunday quti topiladiki,
unda bittadan ortiq predmet joylashadi.
Dirixle prinsipini qo`llab mantiqiy
masalalarni yechish uchun
masala shartida “quti” lar nimani anglatishi va ularga
joylashtirilayotgan “predmetlar” nimani
anglatishini tushunib etish
muhimdir.
1-masala. Umumiy o`rta ta’lim maktabida 30 ta sinf bo`lib, unga
yaqin “ Kengash” mahallasida maktabning 34 ta o`quvchisi
yashaydi. Bu o`quvchilar ichidan hech bo`lmaganda ikkitasi albatta
sinfdosh ekanligini tasdiqlash mumkinmi?
Yechish. Masala savoliga javob berish uchun qanday hol “eng
yomon” bo`lishligini aniqlaymiz.
Bu aniqki, maktabning har bir
sinfida “Kengash” mahallasida yashovchi o`quvchining
bor ekanligi
bo`ladi. Lekin maktabda 30 ta sinf bo`lib, “Kengash”
mahallasida
yashovchi o`quvchilar soni 34 tadir. Demak, “Kengash” mahallasida
yashovchi 34 ta o`quvchilardan sinfdosh bo`lgan hech bo`lmaganda
ikkita o`quvchi albatta topiladi.
2-masala. Sinfda 25 ta o`quvchi bor. Ularning ichidan tug`ilgan
kuni bir oyda bo`lgan 3 ta o`quvchi topiladi deb tasdiqlash
mumkinmi?
Yechish. Masala shartida “quti”lar bu oylar soni bo`lib,
“predmetlar” esa sinfdagi o`quvchilar sonidir. Kalendar yilda 12 oy
bo`lgani uchun, “eng yomon “ hol har bir sinfda bir oyda tug`ilgan
o`quvchilar soni 2 ta bo`lishidir.Bu holda ularning soni 24 ta bo`ladi.
Demak 25 - o`quvchi tug`ilgan kuni bir oyda bo`ladigan
uchinchi
o`quvchi bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: