Sensan sevarim, xsts inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma, matlaini qabul qilib, uni shu o`ynoqi vazn, shu qofiya—radif, san`atini tan olish belgisi sifatida o`zining go`zal g’azalini yaratadi: ...La`ling g’amidin ko`nglum erur g’unchalari qon, Gulbargi tarim, xoh inon, xoh inonma. Zahri g’ami hajring meni o`ldurg’ali etdi, Ey lab shakarim, xoh inon, xoh inonma. Mashrab kabi kuyingda bo`lub barqi tajalli, Qolmay asarim, xoh inon, xoh inonma. Bu tatabbu Mashrabniig Lutfiy lirikasidan bahramand bo`lganligiga, o`rganganligiga ishonchli hujjatdir. Mashrab ijodiga, uning kamolga erishuviga, ayniqsa,ulug’ Alisher Navoiyning merosi ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Shoirning eng yaxshi asarlarida biz Navoiy falsafasini, dunyosevarligini, mazmunning hayotiyligi, chuqurligi va til soddaligini ko`ramiz, vazn ravonligi va o`ynoiqiligini qayd etamiz, mavzu tanlash hamda ularning badiiy talqinida yaqinlik va o`xshashlikni uchratamiz. Buni Navoiy va Mashrab g’azallarining birinchi baytlarini qiyoslashning o`zidayoq ko`rish qiyin emae. Navoiy: Ohkim ul oshno begona bo`ldi oqibat, Hajridin bexudlug’im afsona bo`ldi oqibat...1 Yoshurun dardimni zohir qildi afg’on oqibat, Asrag’on rozimni yoydi sayli mujgon oqibat. Mashrab yozadi: Naylayin, dildordin begona bo`ldum oqibat, Yuz g’amu hasrat bilan hamxona bo`ldum oqibat...(121-bet) Qildi bu charxi falak rasvoi davron oqibat, Boru yo`g’im bo`ldi oxir erga yakson oqibat (122-bet). Mashrab Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg’a ayt», «Ey nasimi subh, ahvolim diloromimga ayt» misralari bilan boshlanuvchi g’azallari yo`lida, ruhi va mazmunida «Ey sabo, borsang duo davlatli sultonimg’a ayt!» — deb boshlangan g’azalni yaratadi. Mana uning yakunlovchi bayti: