Ma’ruza. 2-otm pedagogika tarixi va pedagogik mahorat


Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni



Yüklə 2 Mb.
səhifə42/151
tarix10.02.2022
ölçüsü2 Mb.
#114312
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151
AL-Xorazmiy-3

Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni
Masjid va xonaqohlar qoshida ochilgan maktablarda faqat о‘g‘il bolalar о‘qitilgan. Qiz bolalar о‘z davrining о‘qimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda о‘qitilgan. Ayol muallimani о‘lkaning turli hududlarida “otinoyi”, “otinbibi”, “bibiotin”, “bibixalifa” deb ataganlar. Qizlar maktabi о‘g‘il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bо‘lgan, kо‘p hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotinlari maktabdorlik qilgan. Qizlar maktabi haqida K.YE.Bendrikov “Turkistonda xalq maorifi tarixidan ocherklar” asarida quyidagilarni yozadi: “Qizlar ishqiy maktublarga berilmasinlar deb, qizlar maktabida yozuvga о‘rgatilmagan”. Professor U.Dolimovning fikricha, bu sо‘zlar haqiqatdan ancha yiroq. О‘zbek xalqi – о‘tmishda eng kо‘p shoiralar yetishtirgan xalq, agar yozuvga о‘rgatilmaganida edi, podshohlar saroyiga mansub bо‘lgan Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qо‘ya bering, XIX asrning о‘zida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otin, Qamarniso, Nozimaxon kabi о‘nlab mashhur shoiralar qayerdan yetishib chiqqan?!

О‘rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri – Jahon Otin Uvaysiydir. О‘zining butun faoliyati davomida xalqimiz orzu-umidlarini rо‘yobga chiqarishga harakat qilgan Jahon otin xalqimizning oqila qizlarini tarbiyalash, gо‘zal hayotga erishishning birdan-bir yо‘li deb о‘ylab, о‘zining butun umrini yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berish bag‘ishladi.

О‘z maktabida qizlarga boshlang‘ich ta’lim berar ekan, Jahon Otin ularning zehnini о‘stirishga katta ahamiyat beradi. Otin о‘z shogirdlariga savod о‘rgatibgina qolmay, ular orasidan iqtidorli qizlarni tanlab sharq she’riyati bilan tanishtiradi. Qizlarni nazm bо‘stoniga yetaklaydi.

Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortiq muallimalik qilib, qizlarga xat-savod о‘rgatdi, tab’i nazm qizlarga she’riyat ilmidan dars berdi.

Dilshod о‘z maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ularga xat-savod о‘rgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intilar edi. Shu bilan birga, yosh iste’dodli qizlarga о‘zbek, tojik mumtoz adabiyoti namoyondalarining asarlarini ham о‘rgatar va ularni nafosat ruhida tarbiyalab, о‘z zamonasining ilg‘or kishilari qilib yetishtirishga harakat qilgan.


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin