Bunday qon ketishlar odatda o’z-o’zidan to’xtaydi. Xarakterli belgisi butun jarohat yuzasidan qonning sekin oqishi. Ammo jiddiy qon yo’qotishlar bilan kechadigan jarohatlar ham kuzatiladi. Eng katta xavfni ichki kapillyar qon ketish tug’diradi.
Kapillyarlardan qon ketishining asosiy sabablari:
Qon ivishi buzilishi bilan kechadigan qon kasalliklari (masalan gemofiliya).
Turli travmatik jarohatlar.
Qon tomir kasalliklari (kapillayrlarga ta’sir qiladigan terining yiringli yallig’lanishlari, o’smalar).
Qon tomirlarining devorlariga ta’sir qiluvchi umumiy kasalliklar, masalan o’smalar, ateroskleroz, revmatoid artrit.
Gormonal kasalliklar.
Ko’pincha kapillyar qon ketish ko’p qon yo’qotilishiga olib kelmaydi, uning xavfi patogen mikroblar bilan infektsiyalanishda yotadi.
Oyoq-qo’l tomirlaridan qon ketishida tibbiy yordam ko’rsatilganda quyidagi harakatlar bajarilishi kerak: Jarohatlangan oyoq-qo’lni yurak darajasidan balandroqqa ko’tarish qon yo’qotilishini kamaytirishga yordam beradi.
Kichik shikastlanishlarda jarohat atrofidagi teriga antiseptiklar bilan ishlov berish, ustini esa bakteritsid plastir bilan yopish kerak.
Agar qon kuchli ketayotgan bo’lsa, bosuvchi bog’lam qo’yish kerak.
Agar qon ketishi juda kuchli bo’lsa, jarohat ustidagi oyoq yoki qo’lni maksimal ravishda bukish kerak. Agar bu ham yordam bermasa, jgut qo’yish kerak.
Jarohatga sovuq qo’llash kerak, bu qon yo’qotilishini to’xtatishga va og’riqni kamaytirishga yordam beradi.
Keng tarqalgan burunning kichik kapillyarlaridan qon ketishida ham to’g’ri yordam bera olish kerak.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1.Qon ketish turlari.
2.Qon ketishni vaqtincha to‘xtatish usullari.
3.Arteriya qon tomirlarini barmoq bilan bosish nuqtalari.
4.Qo‘l bola siquvchi bog‘lam va tasma (jgut)dan foydalanish qoidalari.
ADABIYOTLAR “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom, 2014y.
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘quv Dasturi, 2019y.
A.YU. Sotvoldiev. “CHaqiruvga qadar xarbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qullanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil,
O.Ortiqov. “CHaqirvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o‘quv qullanma.
B.B. G‘ofurov. “Boshlang‘ich umumqushin xarbiy tayyorgarlik bo‘yicha”o‘quv qullanma, ΙΙ qism, 2005 yil.