Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu: Chqbt va ute fani asosida kurs ishlarini tashkil qilish va bajarish. Reja



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə90/131
tarix09.12.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#138510
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131
Maruza mashg’ulotlari 23-Mavzu Chqbt va ute fani asosida kurs i (1)

ADABIYOTLAR

  1. “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom, 2014y.

  2. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘quv Dasturi, 2019y.

  3. A.YU. Sotvoldiev. “CHaqiruvga qadar xarbiy ta’limni tashkil etish va uning metodikasi” O‘quv qullanma, Ι, II - qismlar, 2007 yil,

  4. O.Ortiqov. “CHaqirvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” Ι qism, 2007 yil, o‘quv qullanma.

  5. B.B. G‘ofurov. “Boshlang‘ich umumqushin xarbiy tayyorgarlik bo‘yicha”o‘quv qullanma, ΙΙ qism, 2005 yil.



38-Mavzu: Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlikning ta’limiy maqsad va vazifalari.
Reja:
1.Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlikning ta’limiy maqsad va vazifalari.
2.Jismoniy tayyorgarlikning shakllari. Mashg‘ulotlar olib borilishining uslub, shakl va vositalari.
3.Jismoniy tayyorgarlik tadbirlarining moliyaviy, moddiy-texnik, tibbiy va uslubiy ta’minoti.
Tayanch iboralar: Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlikning ta’limiy maqsad va vazifalari. Mashg‘ulotlar olib borilishining uslub, shakl va vositalari.

YO‘NALTIRILGAN JISMONIY TAYYORGARLIKNING TA’LIMIY MAQSAD VA VAZIFALARI.


Jismoniy tayyorgarlik harbiy qismlarda va QK bo’linmalarida tashkil qilish o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- rejalashtirish;
- rahbarlarni tayyorlash;
- xisobga olish;
- nazorat;
Rejlashtirish jismoniy tayyorgarlik dasturining bajarilishini ta`minlab jismoniy mashqlarga askar va serjantlar uchun o’qish jarayonida xaftasiga 2-3 soat ajratadi;
- ofitser, harbiy xizmatchilar uchun xizmat vaqtidan haftasi­ga 3 soat;
- ertalabki jismoniy tarbiya mashqlari 30-50 minut davomida bajariladi. Dam olish va bayram kunlari jismoniy tarbiya mashqlari o’tkazilmaydi.
- Ommaviy sport ishlari xarbiy qismda xaftada 3 marta o’tkaziladi. Ya`ni, 2 marta 1 soatdan ish kunlari va mashg`ulotlardan bo’sh vaqtda va 3 soat yakshanba va bayram kunlari. Xarbiy qismda jismoniy tayyorgarlikni reja­lashtirish shtab boshlig`i, vzvodda vzvod komandiri tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik va sport bo’yicha boshliq qism komandirining tas-dig`iga quyidagilarni tayyorlaydi:
- ertalabki jismoniy - tarbiya mashqlarining bir oylik rejasi;
- ommaviy sport ishlarini bir yillik rejasi;
- sport, xarbiy-sport musobaqalari va qism birinchiligi uchun o’tkazi-ladigan ommaviy sport ishlarining bir o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi;
- jismoniy tayyorgarlik va sport bo’yicha moddiy texnika bazasining bir oylik faoliyat jadvali;
Batalonda rejalashtirish xujjatlarida quyidagilar ko’rsatiladi:
- jismoniy tayyorgarlik uchun bo’linmalarda ajratiladigan vaqt;
- mashqlarni va xarbiy-sport nomlanishi bajarishi muddati. Vzvoda bir xaftalik mashg`ulotlar jadvalida quyidagilar ko’rsatiladi:
- kundalik ertalabki jismoniy tarbiya mashqlarining variantlari va mazmuni;
- jismoniy tayyorgarlikning mavzusi va mazmuni;
- yo’lovchi jismoniy mashqlarni mazmuni;
- ommaviy-sport ishlarini mazmuni va vakti;
- serjantlar bilan o’tkaziladigan mashg`ulotlarning tezligi, mazmuni, o’t-kazish vakti;
Jismoniy tayyorgarlikning xisobga olish asl holatini aks ettirish kerak. Bunday xisob xarbiy qismda -shtab boshlig`i va jismoniy tayyorgarlik boshlig`i tomonidan, batalonda-shtab boshlig`i tomonidan, vzvodda -vzvod komandiri, guruxda gurux komandiri tomonidan olib boriladi.
Batalon, vzvod va gurux jismoniy tayyorgarlik va sport bo’yicha o’tkazil-gan xamma tadbirlar, «Harbiy sportchi» nomli medallari bilan taqdirlangan xarbiylar soni, razryad olgan sportchilar, VSK talabalarini shaxsiy tarkib tomonidan bajarilishi. Bunday xisobga olish xarbiy tayyorgarlikni xisobga olish jurnallarida olib boriladi.
JISMONIY TAYYORGARLIKNING SHAKLLARI. MASHG‘ULOTLAR OLIB BORILISHINING USLUB, SHAKL VA VOSITALARI.
Jangning xususiyati va uning olib borilishi avvalambor moddiy asosga, ya’ni qurol-aslaxa, jangovar texnika va ularni ishlatadigan insonlarga boglik.
Yangi kurash vositalarining katta kudratiga karamay, inson baribir birinchi asos bo’lib qoladi. Usiz xar qanday texnika va qirgin vositalari foydasiz bo’lib, qurolli kurash umuman ma’noga ega emas.
Harbiy san’atning rivojlanishi o’tgan urushlarda qo’llanilgan kurash vositalaridan farkli zamonaviy kurashish vositalarining paydo bo’lishi va jo’shkin rivojlanishi bilan, armiyani butunlay motorlashtirish bilan, jadal mexanizatsiyalash, xamda ko’shinlarda radioelektronika vositalarini joriy qilish bilan keskin ajralib turadi.
Dushmanni yengishda eng asosiy va kuchli vosita yadro qurolidir. Undan moxirona foydalanish qisqa vaqt ichida yuqori samaradorlik bilan dushmanning ommaviy qirgin vositalarini yo’q qilishga, unga katta talofat yetkazishga, inshootlar va boshqa ob’ektlarni vayron qilishga, radioaktiv zararlanish maydonlarini, vayrona, o’t ketish va suv bosish maydonlarini xosil qilishga, xamda qurolli kuchlar shaxsiy tarkibiga va insonlarga kuchli ruxiy ta’sir o’tkazishga imkon yaratiladi.
U kutilmaganda, oddiy qurol bilan ko’shilib, kuchli o’q yogdirgan xolda ko’llaniladi. Yadro quroliga xar xil ko’rinishdagi yadroviy o’q-dorilar va ularni mo’ljalga yetkazib beruvchi vositalar kiradi.
Yadro quroli bilan keng, ayrim joylarga va yakka zarba berilishi mumkin. Ob’ektlarga yadro qurolini xavoda, yer ustida (suv satxi va ostida) portlatish yo’li bilan shikast yetkazish mumkin. Yadroviy o’k-dorilarni mo’ljalga yetkazishda xar-xil vazifa o’tovchi raketa va samolyotlar asosiy vositalar xisoblanadi.
Shikastlantirishning asosiy vositasi sifatida yadro quroli jangning xususiyatiga xal kiluvchi ta’sir ko’rsatib, unga kat’iyatlik, tezkorlik olib kiradi va fazoviy ko’lamini kengaytiradi.
Oddiy qurolga barcha o’t ochuvchi va zarba beruvchi, ko’llaniladigan artilleriya, zenit, aviatsion, o’kotar, muxandislik o’k-dorilari va boshkalar kiradi. Oddiy qurol rakibning jangovar texnika va tirik kuchini shikastlantirishda, xamda xar-xil ob’ektlarni vayron qilishda mustakil yoki yadro quroli bilan birga ko’llanilishi mumkin.
Harbiy ishning dialektikasi shundayki, yadro quroli xal kiluvchi axamiyatga ega bo’lgani bilan tanklar, smolyotlar, artilleriya va boshka oddiy kurashish vositalarining xam roli kattadir. Ayniksa, ba’zi bir sharoitlarda jangovar xarakatlar fakatgina oddiy qurol vositalari ko’llanishi bilan olib borilishiga axamiyat berish kerak.
SHunday kilib, masala zamonaviy jangda motoo’qchi bo’linmalar, qismlar va qo’shinlarning o’sib borayotgan rolini, tanklarning o’t ochuvchi va zarba beruvchi kuchlarini, artilleriya va aviatsiyaning samarador zarbalarini moxirona qo’llashni o’rganishdadir.
Jangovar texnika va qurollanishning o’zgarishi jangning xususiyatiga, mazmuniga va olib borilishiga muxim ta’sirini ko’rsatadi.

UMUMQO‘SHIN JANGINING ASOSIY TURLARI


UMUMQO‘SHIN JANGINING ASOSIY TURLARI
Dushman ustidan g’alabani qo’lga kiritishda qo’shinlar turli xil taktik yullardan va harakat usullaridan xamda ularni birga qo’shib turli xil umumlashgan usullarni qo’llaydilar. Ammo jangovar harakatlarning turli-tumanligiga qaramasdan ular asosiy jixatlariga ko’ra turlarga bo’linadi. Bunday jixatlarga jangning maqsadi va unga erishish usullari kiradi. SHunga ko’ra bo’linmalarning jangovar harakatlari xujum va mudofaaga bo’linadi. Xujum - qo’shinlar jangovar harakatining asosiy turi bo’lib, dushman ustidan g’alaba qilishda xal qiluvchi axamiyatga egadir. Faqat hal qiluvchi, yuqori sur’atda va katta chuqurlik ko’lamida o’tkazilgan xujum dushmanni to’liq tor-mor etshishi ta’minlaydi. Qo’shinlarning shid­datli xujumi aviatsiya, artilleriya va boshka talofat yetkazish vositalarining o’t ochish bilan bergan zarbalari natijasidan to’liq foydalanish imkonini beradi. Xujumning maqsadi - qarshi turgan dushmanni turik kuchini tor-mor etish, xayotiy muxim rayonlarni qo’lga kiritishdan iborat. Bu maqsadga aviatsiya, artilleriya va boshqa talofat yetkazish vositalari o’tlari zarbasidan, dushmanning aso­siy grupirovkalarini, ommaviy talofat yetkazish vositalarini yakson qilish yo’li bilan xamda tankchi, motoo’qchi birlashma va bo’linmalarni dushman mudofaasiga shiddat bilan chuqur kirib borishi, o’tishi, uni qismlarga bo’lib tashlashi orqali erishiladi.
Xujum uzluksiz - kunduzi va tunda tuxtovsiz olib boriladi.
Yuzaga kelgan vaziyatga va qo’yilgan vazifaga qarab hujum -mudofaadagi, hujumdagi va chekinayotgan dushmanlarga qarshi olib boriladi:
-mudofaadagi dushmanga hujum, harakat mobaynida yoki bevosita to’qnashish xolatida amalga oshiriladi;
-xujumga o’tgan dushmanga qarshi xujum to’qnashuv jangi qilish orqali amalga oshiriladi;
-chekinayotgan (ortga qaytgan) dushmanga hujum ular­ni ta’qib etish orqali amalga oshiriladi.
Mudofaa - jangovar harakat turi bo’lib, hujum qilishni iloji yo’q yoki hujum maqsadga muvofiq bo’lmagan xolatlarda, hamda bir yo’nalishdagi kuch va vositalarni iqtisod qilib, boshqa muxim yo’nalishdagi hujumni ta’minlash kerak bo’lgan xolatda qo’llaniladi.
Mudofaa kuch va vositalarni o’t bilan keng manyovr qilishga, ularni o’t ochish zarbalariga va dushman huju­mi extimoli kutilayotgan yo’nalishlardagi muxim rayon­larni ushlab qolishga va o’sha yerlardan qarshi hujum qilishga asoslanadi;
Mudofaa dushman bilan bevosita tuqnashish xavfi bo’lganda va to’qnashish xavfi yo’q bo’lganda hamda ol­dindan yoki jang mobaynida tashkil etilishi mumkin. Qo’shinlarni mudofaaga o’tganda ko’p uchraydigan va xammasidan ko’ra qiyin usuli - dushman bilan bevosita to’qnashish xolatidan mudofaaga o’tishdir. Bu usul kuchlar nisbati ortiq bo’lgan dushman qarshi hujumini qaytarishda, qo’lga kiritilgan xududlar yoki marralarni mustaxkamlash uchun, hujumdagi jamlangan kuchlarning qanotlarini mustaxkamligini ta’minlash uchun va qarshi xujum natijasida muvaffakiyatsizlikka uchraganda qo’llaniladi.



Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin