ma’ruza: soat 1-mavzu. Oʻzbekiston hududida rangtasvir san’atini kelib chiqishi va shakllanishi. Mavzu rejasi



Yüklə 61,02 Kb.
səhifə1/2
tarix30.03.2022
ölçüsü61,02 Kb.
#115046
  1   2
1-маъруза


1 – MA’RUZA: 2 SOAT

1-MAVZU. Oʻzbekiston hududida rangtasvir san’atini kelib chiqishi va shakllanishi.
Mavzu rejasi:

1. Oʻrta Sharq miniatyura san’atining yirik vakili Behzod ijodi.

2. Muhammad Murod Samarqandiy ijodi.

3. Oʻrta Osiyo miniatyura san’atining yuksaklik davri.
Adabiyotlar:

1.) Abdirasilov S.F., Tolipov N.X. «Rangtasvir». Oʻquv qoʻllanma «Ilm Ziyo»- Toshkent, 2019

2.) Tojiyev B., Isaxajiyeva N. Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya asoslari. Oʻquv qoʻllanma «Sharq», 2006

Tavsiya etiladi:

1.) Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, «Oʻzbekiston», 2017 yil.

2.) Nurtayev U.N. «Rangshunoslik asoslari». Oʻquv qoʻllanma. «Ilm Ziyo», 2008.

3.) Salpinkidi Ya.P. «Rabota nad obnajennoy modelyu». TDPU T. 1996


MAVZUNING MATNI
Oʻrta Osiyo, umuman, Oʻrta SHarq madaniyatida kitobni bezash, hattotlik va miniatyura san’ati tarixda oʻziga xos, qaytarilmas jozibasi bilan ajralib turadi. Bu san’at taraqqiyotida esa Eron, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Afgʻoniston rassomlari katta hissa qoʻshdilar.

Kamoliddin Behzod (taxm. 1455-1535). Oʻrta SHarq miniatyura san’atining yirik vakili Behzoddir. U Hirotda tugʻildi. Shu yerda oʻzining tasviriyotdagi iste’dodi bilan Alisher Navoiy diqqatini oʻziga tortdi. Keyinchalik uning homiyligida buyuk san’atkor darajasiga koʻtarildi. Behzod ijodi Oʻrta SHarq xalqlari madaniy merosiga katta ulush qoʻshdi. Behzod yashagan davrda Oʻrta SHarq xalqlari orasida aloqa kuchli edi. Shu boisdan u garchand Hirotda tugʻilgan, shu yerda Alisher Navoiy davrasida ijod qila boshlagan boʻlsa ham, keyinroq, Temuriylar sulolasi inqirozga yuz tutgach, u koʻpgina san’atkor, hattot va rassomlar qatori u ham Xurosonning yangi poytaxti Buxoroga koʻchib oʻtdi va ijodining yuksalgan davrini shu yerda (1507-1522) oʻtkazdi. Oʻzining mashhur asarlaridan biri SHayboniyxon portretini ham shu yerda yaratdi. Keyinroq (1522-1524) qisqa vaqt Tabrizda, soʻng qolgan umrini Hirotda oʻtkazdi.

Behzod oʻz ijodida miniatyura san’atiga xos boʻlgan badiiy tilni saqlagan holda, uni bevosita hayotda koʻrgan voqea va detallar bilan boyitadi. Bu hol u yaratgan asarlarning realistik yoʻnalishini kuchaytirdi. U hayotning serqirraligi va oʻziga xos jozibasini sharq miniatyurachilari orasida juda nozik va nafis talqin eta oladi. San’atkor ijodining ana shu tomonlari, ayniqsa, kompozitsiyalarga real manzara, me’morlik detallarini kiritishi, tasvirlanuvchilarning holat va harakatlaridan asar gʻoyasini ochishda oʻrinli foydalanishi keyingi miniatyura san’atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Behzodning ijodi serqirradir. U shoirlar asarlariga illyustratsiyalar chizdi, portretlar ishladi. Jang va ov manzaralarini tasvirlovchi bir qator kompozitsiyalar ishladi. Jumladan, u Sa’diyning «Boʻston», «Guliston», Nizomiyning «Xamsa», Xisrav Dehlaviyning «Xamsa», SHarafiddin Ali YAzdiyning «Temur zafarnomasi» asarlariga rasmlar ishlagan. Alisher Navoiyning koʻpgina dostonlarini ham oʻz suratlari bilan bezagan. Navoiy, Jomiy, Husayn Boyqaro, SHayboniyxonning Behzod tomonidan ishlangan portretlari uning shu san’atda yetuklikka erishganligidan dalolat beradi.

Behzod SHarqning yirik miniatyurachisi edi. Uning ijodi SHarq xalqlari, ayniqsa, Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon san’ati rivojiga katta ta’sir oʻtkazdi. Jumladan, Oʻrta Osiyoning mashhur musavviri Mahmud Muzahib Behzod ta’sirida kamol topdi. Mahmud Muzahibning ijodi oʻzining yuksak professional mahorati bilan xarakterlanadi. Shayboniylar, Ubaydullaxon va Abdulaziz saroyida xizmat qilgan bu musavvir oʻzining kitob bezash va miniatyura ishlash borasidagi yuksak mahorati uchun «Muzahib» – «oltin suvi yurituvchi» taxallusiga loyiq boʻldi. Uning ilk asari Alisher Navoiyning hassaga tayanib turgan holatini tasvirlovchi portretidir (portret Tehrondagi «Guliston» kutubxonasida saqlanadi). Bu portret Navoiy tirikligi paytida ishlangan portretlar asosida yaratilgan boʻlib, rassom Navoiyning ichki psixologik holatini ochishga e’tibor beradi va bu jihatdan Behzod an’analarini davom ettiradi.

Muzahib ijodining gullagan davri XVII asrning 30-50-yillariga toʻgʻri keladi. Uning shu davrdagi asarlari orasida ayniqsa, «Sulton Sanjar va toʻquvchi qari kampir uchrashuvi» rasmi diqqatga sazovor. Miniatyuraga Nizomiyning saljuqlar davlatining hokimi Sulton Sanjarning ovga ketayotgan paytida qari toʻquvchi kampir bilan uchrashganligi haqidagi novella asos qilib olingan. Bu novellada Sulton Sanjar bilan uchrashgan qari kampir uni xalq boshiga tushgan azob-uqubatlarning sababchisi sifatida ayblaganligi hikoya qilinadi. Rassom ana shu voqeani tasvirlar ekan, soʻzsiz, oʻz davri kirdikorlariga ham tegib oʻtadi. Miniatyura san’atida sotsial temalarga tegib oʻtish shu davrda keng tarqalgan. Bu xususiyat Muzahibning shogirdlari Muhammad CHagri Muxassin, Abdulla kabi musavvirlar ijodida ham oʻz ifoasini topdi.

Oʻrta Osiyoning yirik musavvirlaridan biri Muhammad Murod Samarqandiy boʻlib, u ham oʻz ijodida sotsial temalarga murojaat qildi. Qahramonlik temalarida qator miniatyuralar yaratdi. Hatto, temirchi Kavs qoʻzgʻoloniga bagʻishlangan miniatyuralar, shohlarning qabul marosimlari, ov manzaralari rassom asarlarining syujeti boʻlgan. Samarqandiy va Xiva xoni Esh-Muhammad Sulton uchun tayyorlangan «Shohnoma» qoʻl yozmasiga 115 miniatyura ishlagan. Bu miniatyuralar koʻp hollarda gorizontal formatda olingan yuzaga ishlangan. U miniatyuraning an’anaviy «yuzini toʻldirib chiqish» uslubidan qaytib, har bir ishlangan obrazni asar gʻoyasining yechilishiga xizmat qildirishga qaratadi. Bir qancha yirik obrazlarni neytral fonda, birinchi planda tasvirlash orqali kompozitsiyaning oʻziga xos dekorativ tomonini hosil qiladi. Samarqandiy ijodining oʻziga xos xususiyati shundaki, u obrazlarni birmuncha kamaytirish va ularni iloji boricha sodda qilib tasvirlashga intilishi orqali oʻz badiiy uslubini yaratadi. Obrazlarning xatti-harakati, yuz, qoʻl va mimik oʻzgarishlari uning gʻoyaviy maqsadini yoritishga xizmat qiladi. «Siyovushni olov bilan tekshirish» deb nomlangan miniatyurada qoʻl, bosh harakati, yuzdagi mimik oʻzgarishlar tasvirlanuvchilarning hayajoni, choʻchish va xotirjamlik holatlarini ochishga xizmat qilgan.

XVII asr boshlari Oʻrta Osiyo miniatyura san’atining yuksaklik davri boʻlib, bir qator klassik namunalar yaratildi. Bu xususda SHarafiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma» asariga ishlangan miniatyuralar alohida oʻrin egallaydi. Samarqandlik rassomlar tomonidan ishlangan bu miniatyuralarda jang voqealarini aks ettiruvchi suratlar, ayniqsa, jonli va ifodali ishlangan. Bu davrda portret janrida ham qator asarlar yaratildi, xon va shoirlar portretlari ishlandi. Bu xususda buxorolik musavvir Xoʻja Muhammad Musavvir ishlagan «Imomqulixon portreti» (1642, SHarq xalqlari muzeyi) diqqatga sazovordir.

XVII asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyolik Davlat Muhammad, Nodir Muhammad Samarqandiy kabi bir qator rassomlar Hindistondagi boburiylar saroyida ijod qildi. XVII-XIX asrlarda ham asarlarga miniatyuralar ishlandi, devoriy rasmlar chizildi.

Amaliy-dekorativ san’at sohasida ham feodalizm davrida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Bu asrlarda yaratilgan kulolchilik buyumlari geometrik naqshlar, qushlar va tabiat koʻrinishini aks ettiruvchi tasvirlar bilan bezatildi. Zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi sohasida ham olgʻa siljish boʻldi, shu bilan birga, Oʻrta Osiyo bu asrlarda oʻz shoyisi va turkman gilamlari bilan ham shuhrat qozondi.



Soʻnggi feodalizm davriga kelib, Oʻrta Osiyoning iqtisodiy va madaniy inqirozi sezila boshladi. Bu hol badiiy hunarmandchilikning deyarli hamma turlariga ta’sir qildi.

Yüklə 61,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin