Oilada farzand tarbiyasi
Xalqimiz turmush faoliyatida yashab kelayotgan ayrim ta’qiqlarning kelib chiqish ildizi kishilik olamining ibtidoiy davriga borib taqaladi. Ma’lumki, ibtidoiy odam olamni dualistik tarzda tasavvur etgan. Ana shunday qarash ranglar va yo‘nalishlarning ham ramziy ifodalanishlarida o‘z aksini topgan. Masalan, o‘tmishdanoq oq rang — yorug’lik, poklik, ezgulikning. Qora rang esa — yovuzlik, o‘limning ramziy ifodasi sifatida talqin etilgan. O‘rta Osiyo mifologiyasida Ahuramazda boshchiligidagi ezgulik olami yorug’lik, oqlik, baxt bilan aloqador. Ahriman tomonidagi qora kuchlar esa ismi jismiga monand holda qora rang va yovuzlik bilan bog’liq.
4-ilova
Ota-onani hurmat qilish, oila obro‘sini baland tutish, milliy ma’naviy qadriyatlarimizdan biri sifatida
Ma’lumki, farzand er-xotin o‘rtasidagi muhabbat qasrining mustahkam tayanchidir. Shu bilan birga ota-ona mehr-shafqat chashmasidan bahra oladi. Oqil er-xotin o‘zaro mehr chashmasining ko‘zlarini yana ham ko‘proq ochadi.
Dono bobolarimiz: “Er-xotinning bir-biriga qalb amri bilan in’om etgan mehr-muhabbatiga teng keladigan javohir yo‘q”, - deydilar.
Er-xotin o‘rtasidagi muhabbat rishtalarining mustahkamlaydigan va uni cho‘qqiga ko‘taradiganlar oqil va qobil farzandlardir. Oilaning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li shuni isbotlaydiki, oilani idora qilishning oliy qonuni adolatli bo‘lishdir. Bu jarayonda o‘zaro hurmat, ishonch, mehr-vafo hamda sadoqat oila qasrining ustunlaridir.
Dostları ilə paylaş: |