2-masalaning bayoni. Qarigan ota-onani hurmat qilish, xolidan xabar olib turish, go‘zal milliy, diniy an’anamizdir...
Islomda ota-onani rozi qilish, Ollohni rozi qilish belgisi bilan tenglashtiriladi. Ayrim farzandlar qarigan ota-onasini elkasida ko‘tarib, haj safariga olib borgani ma’lum. Inson shunday buyuk fidoiylik qilganda ham ota-ona oldidagi farzandlik burchini to‘liq uzib bo‘lmaydi.
Ota-ona dunyodan ko‘z yumayotganida bizdan rozi bo‘lganini aytadi. Lekin biz doimo ota-ona oldidagi burchimizni to‘liq bajara olmaganimizdan afsuslanamiz.
Muhammad ibn Muhammad al – Jomiy; «... farzanlar ota-onasi oldida 80 ta qarzi bo‘lib, ulardan 40 tasi tiriklik chog’ida, 40 tasi vafotidan keyin bajariladi. Tiriklikdagi 10 tasi tanga, 10 tasi tilga, 10 tasi dilga, 10 tasi molga ta’aluqlidir. Tanga ta’aluqlisi - ota-onaga sidqidildan xizmat qilish. Dilga ta’aluqlisi - ularga rahm-shafqat bilan qarash. Tilga ta’alluqlisi - ularga muloyimlik bilan qarashdir.
Farzand o‘ziga kiyim kechak olishdan oldin, ota-onasiga olishi kerak. Ota-ona vafotidan keyin... Yoshlarni ota-onaga nisbatan axloq-odob doirasida muomala qilishga o‘rgatish milliy tarbiyaning eng asosiy tomonidan biri bo‘lgan.
Abdurahmon Jomiy: «Farzandning ota-ona oldidagi burchi masala»sini quyidagicha ifodalaydi:
- odoblari shundaki, farzand ota-ona nima desa diqqat bilan quloq soladi;
- ularning oldiga nimaniki buyursalar va buyurgan narsalar gunohdir;
- jinoyat bo‘lmasa jonu dil bilan bajaradi;
- ular o‘tirgan joylaridan tursalar, ular ham irg’ib turadi;
- chaqirsalar labbay deb javob beradi, ularni xursand qilishadi, doimo orzumand bo‘ladi, ularni oldida ta’zim bilan turadi, qilgan ishlarini minnat qilmaydi;
- ota-onaning qilgan ishlaridan achchiqlanib, ularga xo‘mrayib qaramaydi;
- ruxsatsiz safarga ketmaydi, - deya tushuntiradi.
Ota-onani hurmat kilash hayot qonuni ekan. Otani qadrini ota bilgan, onalik qadrini ona bo‘lganlar yaxshi biladi.
Ota-onaga bo‘lgan yaxshi munosabat farzandlar uchun ham katta tarbiya maktabidir.
Boshni fido qilg’il ota boshig’a,
Jismni qil sadqo ano qoshig’a.
Tun kuninga aylagil nurposh
Birisin oy ayla, birisin quyosh (A.Navoiy).
To‘g’ri, hayotda hamma ota-ona bir xil emas... Farzandlarchi? Bolalar uyiga tashlab ketilgan go‘dak doim onasini kutadi... Kechirimlilik tuyg’usi ota-onalarga xos. Ular farzandning og’ir gunoxlarini ham kechiradi. Shunday kechirimlilik tuyg’usi farzandlarda ham bo‘lishi kerak. Jamiyatni o‘ylab ota-onani unutish ham Sharq, o‘zbek ma’naviyatiga to‘g’ri kelmaydi.
Farzandlik burchi va ma’suliyatining ma’naviy asoslangan ko‘rinishlari quyidagilar:
Har qanday sharoitda ota-onadan xabardor bo‘lish.
Keksalik shunday davrki, bir og’iz yomon so‘z kishining belini bukadi.
Mehnatsevar bo‘lish, halollik, iymonlilik, insoflilik, mehr-muhabbatlilik, insonparvarlik, oilaparvarlik, elda obro‘ orttirish ham farzandning ota-ona oldidagi burchidir.
Yaxshi farzand ota-onaning ikkinchi umridir.
Ota-ona keksayadi, farzandlar oila quradi, lekin farzand ota-onaga doimo ba’zi ota-onalarni gapi o‘rinsiz, malol keladi. Lekin, ularning barcha maslahatlariga e’tiroz bildirmay quloq solgan ma’qul.
Xar bir oilaning an’analari bir yaxshi oilaviy an’analar avloddan avlodga o‘tadi.
Aka-ukalar, opa-singillarning ahil, bamaslahat ish qilish, qarindosh-urug’lar bilan inoq, hamjixat bo‘lish, ota-onalar orzusidir.
Ota-ona bir farzandini emas, balki barchasining baxtini, tinchligini o‘ylaydi. Shu sababli ham ota-onalar ko‘zi ochiq vaqtida bolalari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, qarindosh-urug’lar bilan ham aloqani yaxshilashga xarakat qilishadi.
Farzandlarning ota-onani rozi qiladigan axloqiy fazilatlardan biri-samimiylik va to‘g’rilikdir. Ba’zan to‘g’ri so‘zlikni andishasizlik deb tushuniladi. Andishasizlik to‘g’rilik va samimiylikning teskarisidir... Samimiylik - oqko‘ngillikdir. Birovga yaxshilik qilib uni minnat qilmaslikdir. To‘g’rilik - halollikdir.
Farzandlar ota-ona hayotdan ko‘z yumganidan keyin ham hurmatini urniga kuyishdir.
Ota-ona oldidagi burch va ma’suliyat bir daqiqa ham inson xotirasidan chiqmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: |