Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə10/26
tarix08.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#123175
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan (1)

buyurtmachi — sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan tashkilot;
sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish xulosasi — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risida asosli xulosalarni o‘z ichiga olgan hujjat;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash — xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xavfli ishlab chiqarish obyektlari sifatida tan olish va keyinchalik ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlarning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ro‘y bergan holatda boshqa shaxslar hayoti, salomatligi va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishi uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash maqsadida ushbu xavfli ishlab chiqarish obyektlarining belgilarini aniqlash (tan olish) tartib-taomili;
akkreditatsiya sohasi — ekspert tashkilotining faoliyat sohasi;
attestatsiya sohasi — sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert faoliyati sohasi;
binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish (keyingi o‘rinlarda tekshirish deb ataladi) — tekshiriladigan obyektning ishga layoqatliligini ifoda etadigan va undan keyinchalik foydalanish, rekonstruksiya qilish imkoniyatini yoki poydevor tuprog‘ini va qurilish konstruksiyalarini tuproq xususiyatlarining o‘zgarishi, tayanch konstruksiyalarning deformatsion shikastlanishi, nuqsonlarini hamda haqiqiy ko‘tarish qobiliyatini aniqlash yuzasidan tekshirishni o‘z ichiga oladigan qayta tiklash, kuchaytirish, ta’mirlash zaruratini belgilaydigan nazorat parametrlarining ahamiyatini belgilash hamda baholash kompleks tadbirlar;
ekspertiza obyektlari — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar;
xavfli ishlab chiqarish obyekti — “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalar, maydonchalar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin