Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan


-bob. Ekspertiza xulosasining dublikatini berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, ekspertiza xulosasini bekor qilish



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə15/26
tarix08.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#123175
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan (1)

6-bob. Ekspertiza xulosasining dublikatini berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, ekspertiza xulosasini bekor qilish
51. Ekspertiza xulosasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan holatlarda, buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirilgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 3-ilovada* keltirilgan shaklda buyurtmanoma taqdim etadi.
Nizomga 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ekspertiza xulosasining yo‘qolishi yoki yaroqsiz holga kelishi sababli uning dublikatini berishda buyurtmanomaga keyinchalik belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun avval berilgan ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
52. Ekspertiza xulosasining dublikati ushbu xulosani avval rasmiylashtirilgan ekspert tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha beriladi.
Shartnoma summasi ekspert tashkilotining ekspertiza xulosasi dublikatini berish uchun sarflagan xarajatlari doirasida belgilanadi.
54. Ekspertiza xulosasining dublikati buyurtmachiga shartnoma shartlarini bajargan taqdirda beriladi.
55. Ekspertiza xulosasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, ekspertiza xulosasini bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
56. Ekspertiza natijalari yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin.
57. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda):
a) 1-ilovada:
19-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilova 3-bandining 3.3-pozitsiyasidagi “2.1” raqami “2.2” raqami bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 7-bandidagi “sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y.. 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 73-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)


“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
BUYRUG‘I

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin