Matematika 2- sinf Mavzu: 100 ichida sonlarni xonadan o’tib qo’shish.
Dars maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga yuz ichida sonlarni xonadan o’tib qo’shish usullari haqida tushuncha berish. Misol va masalalarni yechish orqali ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish
Tarbiyaviy. Dars jarayonida qo’llaniladiga didaktik usullar orqali o’quvchilarda iqtisodiy bilimlar berib borish va egallangan bilimlarni hayotda qo’llay olish kompitensiyasini shakillantirish. Milliy qadriyatlarni hurmat qilish va Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, savol javob, guruhlarda ishlash, “Nimaning uyi qayerda?” “Aqliy hujum” “Kim topqir” ,“Muzyorar gullar” “Darsimiz mehmoni”
Dars jixozi: didaktik materilallar, tarqatma materiallar, osma plakatlar, AKT, baholovchi kartochkalar.
Darsning borishi Taskiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashiladi. Sinf xona va o’quvchilarning darsga tayyorliklari ko’zdan kechiriladi. O’quvchilar bilan suhbat olib boriladi.
-O’quvchilar hozir qaysi fan
-matematika
-keling bo’lmasa fan shiorini bir esga olaylik.
Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bolaylik ogoh.
-bolajonlar hozir o’lkamizda qaysi fasl hukum surmoqda?
-hozir o’lkamizda kuz fali o’z hukmini surmoqda
-kuz fasli oylarini kim menga ingliz tilida aytib beradi?
-september, october, november
-bolajonlar bir esga olaylikchi shu kunga qadar qanday bayramlarni nishonladik?
- 1-sentabr “Eng ulug’, eng aziz” bayramimiz bo’lmish mustaqillik bayramini.
- Barakalla bolajonlar. Mustaqillik kuniga atab she’rlarda bilasizmi?
-ha.
-qani bo’lmasa navbat sizlarga, bir-birida ajoyib she’rlaringiz bilan bizlarni lol qoldiringchi: ……………………..
-Barakkalo bolajonlar ota onasining quvonchi, ustozining ishonchi, bo’lgan gulu lolajonlar.
Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadi. Buning uchun sinf o’quvchilari soniga qarab kartatekalar tarqatiladi. Kartatekalarda milliy cholg’u asboblaridan doira, karnay –sunray va nay rasmlari tushirilgan bo’ladi. Kartochkalarning teskari tomoni qilib o’quvchilarga tarqatiladi. Hamma o’quvchilarga kartochkalarni ochish buyuriladi. Shu zahoti doira sadolari yangraydi kartochkasida doira aks etgan bolalar musiqa sadolari ostida guruh bo’lib yug’iladilar. Shundan so’ng karnay –surnay navolari jarang sochadi va nay ohangi ham yangraydi bolajonlar guruhlarga bo’linib saflanadilar.
Doira surati tasvirlangan bolalar “Tantana ” guruhi
Karnay –surnay surati tasvirlangan bolalar “Shodiyona” guruhi
Nay surati tasvirlangan bolalar “Milliy navolar” guruhlariga bo’linadilar. Guruhlar o’zlarining o’rinlarini egallaydilar.
O’quvchilarni baholash maqsadida pul ko’rinishidagi kartochkalardan foydalaniladi va dars oxirida guruhlar to’plagan mablag’lariga yarasha o’quv qurollarida sotib oladilar. Bu jarayonda o’quvchilar o’z-o’zidan savdo –sotiq munosabatlariga kirishadilar. Bu esa o’quvchilarda iqtisodiy bilimlarni rivojlantirib qoldirmasdan fanni o’rganishga bo’lgan motivatsiyani ham oshiradi.