Xulosa va tavsiyalar
Ushbu BMIda ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari, ko’ o’ichovli tasodifiy miqdorlar, funksional va korrelyasion bo’g’lanishlar, statistik mezonlar haqida umumiy tushunchalar, Statistik mezonlarni tadbiqlari keltirilgan.
Hozirgi vaqtda zamonaviy komp'yuterlarning elektron jadvallari statistik tahlil vositalari bilan ta`minlanishi tufayli matematik statistik tahlil usullari barcha mutaxassislar uchun zarur, samarali va operativ vositaga aylandi.
Statistik hisoblashlar va uning natijalari ko`p tarmoqlarda: pedagogik sinov ishlarida, marketingda, savdo-sotiqda, tibbiyotda, ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini modellashtirishda, bashoratlashda, olib borilayotgan tadbirkorlikda va ilmiy tadqiqotlarda bebaho, universal qurol bo`lib xizmat qilmoqda.
Bunda ularga modellar va modellashtirish, modellashtirish natijalarida qo`lga kiritilgan ma`lumotlardan bozor iqtisodiyoti sharoitida tegishli qarorlar qabul qilishda amalda foydalanish yo`llarini ko`rsatib beradi. Tuzilayotgan iqtisodiy-matematik modellar real jarayonlarga asoslangan bo`lishi, ularni turli statistik mezonlar yordamida mohiyatli ekanligini tekshirib bo`lgandan so`ng modellar tuzilishi lozim.
Korrelyatsion-regression tahlil elementlarini qo`llab, xalq xo`jaligi ob`ektlarini matematik statistik usullar orqali tahlil qilish, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga tatbiq etish ob`ektlar haqidagi ma`lumotlarni ko`paytirish imkonini yaratadi .
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida :
Korrelyatsion-regression tahlil elementlari zamonaviy adabiyotlardan foydalanib o`rganildi.
Korrelyatsion-regression tahlil elementlariga oid ma`lumotlarni o’quv amaliyotga qo’llash tamoyillari yoritildi.
Matematik statistik ko`rsatkichlarini tahlil qilish orqali, pedagogik sinov ishlari bo`yicha xulosalar chiqarildi.
matematik modellarni mohiyatliligi statistik mezonlar bilan baholandi Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagilarga etibor berish aniqlandi:
–statistik ma`lumotlar uchun bazalar yaratish;
– o’quvchi va talabalarda matematik statistikaga bo’lgan qiziqish va fazoviy tasavvurlarini kengaytirish.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan xolda, BMI ni bajarish davomida matematika statistika darslarida o’qitishning mavjud tajribalariga, pedagogika va psixologiya sohasidagi yutuqlar va ta’limni axborotlashtirish konsepsiyasiga tayangan holda yangi axborot texnologiyalari asosida o’quvchilarni, talabalarni o`qitish zarurligi aniqlandi.
Bitiruv malakaviy ishini natijalaridan akademik liseylar,kasb-hunar kollejlari va oliy o`quv yurtlari talabalari foydalanishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi", T. "O'zbekiston", 1997yil.
2. Karimov. I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. - T.: O`zbekiston, 2009.
3. Karimov.I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 29 yanvar,2010y.)- T.: O`zbekiston, 2010.
4.Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chu?urlashtiriш va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi . (2010 yil 12 noyabr') T. "O'zbekiston", 2010 yil.
5.Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir.(27 yanvar,2010y.)T. "O'zbekiston", 2010 yil.
6. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.(21 yanvar,2011y.)T. "O'zbekiston",2011 yil.
7. Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi.”Xalq so`zi”, 24 yanvar, 2012 yil.
8. Kolemaev V.A. Эkonometrika: Uchebnik. - M.: INFRA-M, 2006. - 160 s.
9.Shodiev T. va boshqalar. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar. O'quv qo'llanma. -T.: O'RYAJN, 2005.
10. Zamkov O.O. Matematicheskie metodi v ekonomike.Uchebnik. -M.: DIS, 2004.M. Izd-vo, "AVG", 1995.
11. Sadobskiy L.E. ,SadobskiyA.L. Matematika.Moskva,1985
12. Gmurman V.Е., Ehtimollar nazariyasi va matеmatik statistika.-T.:
O’qituvchi, 1977.
INTERNETDAN FOYDALANILGAN SAYTLAR
1. www.college.ru 2. www.mathnet.ru 3. www.referat.ru 4. www.uff.uz
5. www.pedagog.uz 6.www.laliga.com 7.www. edu.uz 8. www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |