Materialshunoslik 2016. p65


I B O B METALLAR VA QOTISHMALAR



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/58
tarix02.11.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#118919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
materialshunoslik1

 
I B O B
METALLAR VA QOTISHMALAR,
ULARNING XOSSALARI
Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida quyidagi
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
• materialshunoslik fanining mazmuni, maqsad va vazifalari;
• konstruksion materiallar, ularning sanoat va texnikadagi
roli;
• metallarning kristall tuzilishi;
• kristall panjaralarning turlari;
• real kristallarning tuzilishi;
• materiallarning mexanik, fizik va kimyoviy xossalari;
• materiallarning elektr va magnit xossalari;
• materiallarning texnologik xossalari.
1.1. Metallar va qotishmalar
Metall deb elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘l-
gan, shaffof bo‘lmagan yaltiroq va plastik jismga aytiladi.
Texnikada metallarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1) oddiy metallar (nisbatan boshqa kimyoviy element-
lardan toza bo‘lgan);
2) murakkab metallar yoki qotishmalar (metall asosida bir
necha elementlarning birikmasi bo‘lgan).
D. I. Mendeleyev davriy sistemasiga ko‘ra, hozirda 120 dan
ortiq kimyoviy element bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallar,
qolgani esa metallmaslardir. Metallar shunday ko‘p bo‘lishiga
qaramasdan, sanoatda ularning juda oz qismi ishlatiladi.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy metall bu temir (Fe)
bo‘lib, uning uglerod (C) bilan birikmasi qora metallarni tashkil
etadi. Dunyo bo‘yicha ishlatiladigan metallarning 93 foizi qora
metallardir (1-rasm). Qurilishning barcha sohalarida, mashina va
mexanizmlarni tayyorlashda, asosan, qora metallar ishlatiladi.
Qolgan metallar va ularning qotishmalari rangli metallar
guruhiga kiradi. Rangli metallardan mis (Cu), aluminiy (Al),
magniy (Mg), titan (Ti), qo‘rg‘oshin (Pb), rux (Zn), qalay
(Sn) va boshqalar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan metallar
hisoblanadi. Ularning barchasi texnik ahamiyatga ega.
Materiallar 2-rasmda ko‘rsatilganidek tasniflanadi.


6
Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji
boricha ularning o‘rnini bosa oladigan qora metallarni ishlatishga
harakat qilinadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan rangli metallardan tashqari, sanoat-
da xrom (Cr), nikel (Ni), marganes (Mn), molibden (Mo), ko-
balt (Co) ham ishlatiladi. Bu metallar, asosan, asosiy metal-

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin