Korroziyaning oldini olish usullari Metallarni korroziyadan saqlash metallarni korroziya-
bardosh metallar va metallmaslar bilan qoplash, agressiv
muhitda ishlov berish, elektrokimyoviy himoyalash va metal-
larni legirlashdan iborat.
Metallarni korroziyabardosh metallar bilan qoplashda
xrom, nikel, rux, qalay, kadmiy, kumushlar ishlatiladi. Qop-
lashdan oldin metall mexanikaviy yoki kimyoviy usulda yog‘
bo‘lgan joylari tozalanadi. Metallarni metallmaslar bilan qop-
lash usullari jumlasiga bo‘yash, emallash, oksidlash, fos-
fatlashlar kiradi.
Oksidlashning mohiyati metall buyumlar sirtida korro-
ziyadan himoyalovchi parda hosil qilishdan iborat. Agressiv
muhitga ishlov berishning mohiyati tashqi muhit tarkibidagi
agressiv elementlarni yo‘qotish yoki tashqi muhitga korro-
ziyaning oldini oluvchi, yoxud susaytiruvchi maxsus modda
qo‘shishdan iboratdir. Qattiq suvdagi kislorodni yo‘qotish
uchun suvga natriy sulfat yoki natriy bisulfat qo‘shiladi.
Elektrokimyoviy himoyalash usulining mohiyati shundaki,
elektr o‘tkazuvchi suyuqlikda ishlaydigan metall qismlariga
aktivligi shu metall aktivligidan yuqori bo‘lgan metall prektor
ulanadi. Masalan, dengiz kemasining po‘latdan yasalgan suvosti
qismiga rux quymasi ulansa, po‘lat-rux galvanik juftlik hosil
bo‘ladi, bunda rux korroziyalanib, kemaning po‘lat qismi
saqlanib qoladi.
Takrorlash uchun savollar 1. Qanday yumshatish turlari mavjud?
2. Qanday toblash usullari bor?
3. Po‘latdagi o‘zgarishlarga legirlovchi elementlar qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
4. Legirlangan po‘latlar qanday tasniflanadi va markalanadi?
5. Asbobsozlik po‘latlariga qanday termik ishlov beriladi?
6. Korroziyaning ma’nosi nima?
7. Korroziyani oldini olishning qanday usullari bor?
?