Matnshunoslik tushunchasi



Yüklə 114 Kb.
səhifə1/12
tarix22.06.2023
ölçüsü114 Kb.
#128367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
MATNSHUNOSLIK TUSHUNCHASI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

MATNSHUNOSLIK TUSHUNCHASI

REJA:



Kirish 2
I.Bob.Matnshunosligi (tekstologiya) tarixi 4
1.1 O‘zbek matnshunosligi (tekstologiya) 4
1.2 O‘zbek matnshunosligi shakllanishining tarixiy ildizlari. 9
II.Bob.Matnshunoslik fanining asosiy vazifasi 18
2.1 Matnshunoslik fanining asosiy vazifasi. Matn tarixini o‘rganish prinsiplari. 18
2.2 O‘zbek matnshunoslarining tadqiq usullari. 20
Xulosa 28
Foydalanilga adabiyotlar 30


Kirish


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti, mamlakatimiz kutubxonalari va ma’rifatli fuqarolarimizning qo‘llarida saqlanayotgan bebaho qo‘lyozma manbalar olimlar ko‘magida nashr etilib, xalqimizga taqdim etildi. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida biz ilgari nomlari butkul noma’lum bo‘lgan yoki mustabid sho‘ro tuzumi mafkurasi o‘rganishni man etgan yuzlab mutafakkirlarimiz, diniy arboblarimiz va adiblarimizning ilmiy-ijodiy merosidan bahramand bo‘la boshladik. Ayniqsa, badiiy asarlar matnini o‘rganish, chop etish ishlarida sezilarli ko‘tarilish bo‘ldi. Ilgari kam o‘rganilgan ko‘plab shoirlarimizning asarlari to‘liq tiklanib, mustaqillik mafkurasi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda faqat sharqshunos olimlar emas, balki arab imlosidan xabardor barcha adabiyot ixlosmandlarining hissa qo‘shgani mamlakatimizda qo‘lyozma manbalarni to‘plash, o‘rganish va chop etish ishlarining keskin ko‘tarilishiga xizmat qildi. Biroq, shu bilan birga respublikamizda badiiy asarlar matni tarixini o‘rganish sohasida uzoq yillar davomida yig‘ilgan tajribaning ommalashtirilmagani, matnshunoslikning tadqiqot usullaridan bexabarlik oqibatida nashr yuzini ko‘rgan manbalarning ilmiy-badiiy ahamiyati va yozma yodgorlik sifatidagi qimmatini to‘liq ko‘rsatishga ojizlik qildi. Matnshunoslik sohasining vazifalari, tasnifi, nashr tiplari va prinsiplarining sistemalashtirilmaganligi matn tarixi tadqiqiga qo‘l urayotgan adabiyotshunoslarimizga manbalarni ilmiy iste’molga kiritish ishlarida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirdi. Natijada adabiy manbashunoslik va matnshunoslik sohasida muayyan oqsoqliklar paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni davr talabiga aylantirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 24-mayda imzolangan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniyatimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash uchun katta imkoniyat eshiklarini ochdi.
Mazkur Prezident Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi matnshunoslik fani dasturi qayta ko‘rib chiqildi va tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.


Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin