faoliyati yuzasidan qisqacha MAʼLUMOT Oʻzbekiston SSR Oliy kengash Prezidiumining 1982-yil 20-aprelda 2247-X-son Farmoni asosida Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 3304-son qarori bilan Navoiy viloyati hamda viloyat tashkilotlari tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda, Navoiy viloyati arxiv boʻlimi tizimida 5 ta shtat birligi bilan Navoiy viloyati davlat arxivi tashkil etildi. Biroq, 1982-1985-yillar davomida Navoiy viloyati davlat arxivi oʻz hisob raqamlariga ega boʻlmaganligi sababli, Navoiy viloyati Xalq deputatlarining Soveti Ijroiya qoʻmitasi umumlashtirilgan hisobxona tarkibiga kiritilgan. 1986-yildan boshlab Navoiy viloyati davlat arxivi oʻz hisob raqamlari va hisobxonasiga ega boʻldi.
Oʻzbekiston SSR Prezidiumi Oliy kengashining 1988-yil 6-sentyabrdagi Farmoni bilan Navoiy viloyati Samarqand viloyatiga qoʻshildi va Navoiy shahri Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.
Samarqand viloyati ijroiya qoʻmitasi halq deputatlar kengashining 1989-yil 13-fevraldagi 41/2-son qaroriga va Samarqand viloyati arxiv boʻlimining 1989-yil 28-fevraldagi 3-P-son boʻyrugʻi bilan Navoiy viloyati davlat arxivining faoliyati tugatildi.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1989-yil 16-mayda “Samarqand viloyatini chegaralari qisman berilishi toʻgʻrisi”dagi Farmoni qabul qilindi. Oʻzbekiston SSR Ministerlar kengashi 1989-yil 19-mayda qabul qilingan F-148-son farmoyishi asosida Samarqand viloyatining baʼzi chegara hududlari Buxoro viloyatiga berildi. Shu sababli, Navoiy shahri oʻzining chegara birliklari bilan Buxoro viloyati tarkibiga kiritildi.
Oʻzbekiston SSR Oliy kengashi Prezidiumining 1992-yil 27-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida Navoiy viloyatini qayta tiklash toʻgʻrisida”gi 3535-XII-son Qaroriga asosan Navoiy viloyati oʻzining belgilangan maʼmuriy chegaralari bilan qayta tashkil etildi.
Shuningdek, Navoiy viloyati hokimligining 1993-yil 7-yanvardagi “Navoiy viloyati davlat arxivini tashkil etish toʻrisida”gi K-01/3-son Qarori bilan Navoiy viloyati davlat arxivi tashkil etilib, Navoiy viloyati davlat arxivi Navoiy viloyati hokimligi arxiv boʻlimi tizimida faoliyat yuritishi belgilandi. Navoiy viloyati davlat arxivi tizimiga – Navoiy va Zarafshon shahar, Qiziltepa, Konimex, Tomdi, Nurota, Xatirchi, Navoiy tumanlari davlat arxivi filiallari kiritilgan.
Navoiy viloyati davlat arxivi 2010-yilgacha boʻlgan davrda oʻzining maʼmuriy binosiga ega boʻlmagan va bu davr mobaynida turli tashkilotlarning banolarida ijarada faoliyat yuritib kelgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli koʻrsatmasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining say harakatlari bilan Respublikada birinchi marotaba Navoiy viloyatida davlat arxivi uchun maxsus bino qurilishi belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 08-6-44-son topshirigʻi va Navoiy viloyati hokimining tegishli koʻrsatmasiga asosan Navoiy shahar hokimining 2008-yil 29-iyuldagi K-1218/07-son qaroriga muvofiq shaharning 17 b-kichik tumanidan arxiv binosini qurish uchun yer ajratildi.
Navoiy viloyat davlat arxivida 1993-yil holatiga 55 ta fond, 6139 ta saqlov birligidagi hujjatlar saqlangan boʻlsa - Hozirgi kunda (01.10.2020-yil holatiga) davlat saqlovida 778 ta fondlarda jami 86716 saqlov birligidagi hujjatlar jamlangan boʻlib, shundan 59437 saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlar va 27279 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari tashkil etadi.
Navoiy viloyati davlat arxivida viloyatimiz ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tarixiga oid juda koʻp ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar majmui saqlanib kelinmoqda. Xususan, viloyatning davlat boshqaruv organlari, iqtisodiyot, statistika, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa, radioeshittirish, televideniya, savdo umumiy ovqatlanish, moliya davlat sugʻurtasi, taʼlim, kadr tayyorlash, madaniyat, sanʼat, matbuot, maʼdaniy-ommaviy ishlar, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport, ijtimoiy taʼminot, adliya, sud, prokrotura va jamoat tashkilotlarining muhim ahmiyatga ega boʻlgan hujjatlari saqlanish bilan bir qatorda, mazkur hujjatlardan viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tarixini oʻrganishda foydalanib kelinmoqda.
Navoiy viloyati davlat arxivi 2010-yil 15-iyundagi OʻRQ-252 sonli Qonuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi “Arxiv ishi toʻgʻrisida” gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 05-apreldagi 101-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi qarori asosida faoliyatini tashkil etib, quyidagi yutuqlarga erishgan.
- AKTni joriy qilish boʻyicha, 1992-yil 1-yanvar holatida davlat arxivida AKT mavjud boʻlmagan boʻlsada, mashinkada arxiv hujjatlari va maʼlumotlari yozilgan.