TerDUning Pedagogika Instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti matematika va informatika fanlari yo'nalishi 103-guruh talabasi Mustafaqulova Dilafruzning yosh anatomiyasi va fiziologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi .
Mavzu :Ovqatlanish gigiyenasi
Reja:
1.Ovqatlanish gigiyenasi haqida tushuncha.
2.Bolalar va o'smirlarda ovqatlanish gigiyenasi.
3.Noto'g'ri ovqatlanishdan kelib chiqadigan kasalliklar.
Ovqatlanish gigiyenasi-gigiyenaning tarmog'i,sog'lom odamning to'fi va bekamu ko'st ovqatlanish muammolarini o'rganadigan fan.Uning mustaqil bo'limi diyetologiya bemorlar ovqatini o'rganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi.Go'daklik davridagi ovqatlanishni o'rganish ham ovqatlanish gigiyenasining mustaqil bo'limidir.
Ovqatlanish gigiyenasi odamning ovqatlanishini jins,yosh,kasb,mehnat xarakteri,jismoniy zo'riqish,iqlim sharoiti,milliy va boshqa xususiyatlari,turli hududlardagi aholi ovqatining miqdori va sift tomonlariga bog'lab o'rganadi va kishilarning mehnat sharoitiga qarab oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.Ovqatlanish gigiyenasi korxonalarning jamoalari,maktablardagi,maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshqa muassasalarning bolalar jamoalari uchun rational ovqat ishlab chiqish,umumiy ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliqlarini zararli moddalar qo'shilishidan saqlashga doir ta'sirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish,ovqat sanoati,savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash kabilar ovqatlanish gigiyenasining amaliy vazifalaridir.
Ovqatlanish gigiyenasi o'z tadqiqotlarida kimyo,mikrobiologiya,fiziologiya,stomatologiya,iqlimshunoslik va boshqa fanlarning ilmiy ma'lumotlariga tayanadi.O'zbekiston Respublikasida ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni respublika diyetologiya markazi, ToshTIning ovqatlanish gigiyenasi kafedralari,shuningdek,sanitariya gigiyena ilmiy tadqiqot instituti,laboratoriyalari va bo'limlari,don,go'sht va sut,konserva va sabzavot quritish ,konditer sanoati va boshqalarning nazorat tarmoqlari olib boriladi.
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi-gigiyenaning bir sohasi.Go'dasohasi.Go'daklikdan boshlab to 17-18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shug'ullanadi.Hayot sharoiti,o'quvtarbiya va mehnatning o'sayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday ta'sir qilishini o'rganish va shunga asoslanib,yosh avlodning sog'lom o'sishiga hamda har tomonlama to'g'ri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish bolalar va o'smirlar gigiyenasi vazifasidir.
Bolalar va o'smirlar sog'lig'ini o'rganish va saqlashda biologik va ijtimoiy omillar,tashqi music hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o'smirlar organizmiga ta'sirini o'rganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va kasalliklarning oldini olish chora tadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi.Hozirgi yosh avlodning sog'lig'ini belgilangan muddatda tekshira borish bilan birga antropantropometrik usullarni qo'llash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.
Katta yoshli odam uchun 1 kecha kunduzda o'rta hisobda 100 Gramm yog' kerak.Iste'mol qilingan yog'ning 70-75%hayvon,25-30%o'simlik yog'idan iborat bo'lishi shart.6 oylikdan 4yoshgacha bo'lgan bolalarning har kg vazniga 3,5-4gr ,maktabgacha yoshda2-2,5gr yog' zarur Yog'lar yetishmaganda bola ozib ketadi ,ortiqcha qabul qilinganda esa oziq moddalar va oqsillarni o'zlashtirish buziladi.
Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlarga bo'linadi .Bakterial zaharlanish turiga salmonella kiradi.Zaharlanish belgilari:bir kun o'tgach o't pufagi atrofida og'riq paydo bo'ladi,qusadi,ich ketadi,bosh og'riydi,Teri shipshape,sovuq ter bosadi.
Botulizm kasaligi Tabiatda keng tarqalgan botulinum tayoqchasi bilan zararlangan ovqatni iste'mol qilish orqali odam o'to'tkir zaharlanadi.Bir necha soat o'tgach zaharlanish belgilari paydo bo'ladi:muscular bo'shashadi,ko'zi yaxshi ko'rmaydi,og'zi quriydi,nutqi buziladi,nafas olish qiyinlashadi,bemor halok bo'lishi mumumkin.
Etiboringiz uchun rahmat!!!
Dostları ilə paylaş: |