Mavzu : Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash prinsipi. Amaliy mashg'ulot: Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash. Darsning ta`limiy maqsadi



Yüklə 193,17 Kb.
səhifə1/4
tarix30.01.2023
ölçüsü193,17 Kb.
#122782
  1   2   3   4
Mavzu Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash pr




Mavzu : Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash prinsipi. Amaliy mashg'ulot: Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash.
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga oyoq yuritmali tikuv mashinasining
tuzilishi, ishlash prinsiplarini o`rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarda oyoq yuritmali tikuv mashinasini
ishlashga tayyorlash ishlarida qo`yiladigan talablarni o`rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda tikuv mashinalariga bo`lgan
qiziqishi, bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning mafkuraviy maqsadi: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni kasb hunarga
yo`naltirish bilan birga chevarchilikka bo`lgan qiziqishlarini
shakllantirish.
Dars jihozi: 1 Ko`rgazmalar, rasmlar.
2 Chevarchilik haqida kitoblar.
Darsning turi: Suhbat, bahs-munozarali dars.
Darsning uslubi: Savol –javob, aralash omixta dars.


Darsning borishi:





Darsning bosqichlari





Vaqti


Darsning mazmuni



1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

O`quvchilarni darsga jalb qilish, guruhlarga bo`lish

2

Ma`naviyat daqiqasi



10 daqiqa

Dolzarb muammolar haqida suhbat

3

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

Savol-javob



4

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

Yangi tushuncha berish



5

Yangi darsni mustahkamlash

5 daqiqa

Savol-javob



6

“O`rgat-o`rgan”

5 daqiqa

Video rolik



7

Dars yakuni,uyga vazifa belgilash, o`quvchilarni baholash

3 daqiqa

O`quvchilarni rag`batlantirish

8

Amaliy mashgulot

45 daqiqa

Tikuv mashinasini ishga tayyorlash



Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.


Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
Keyin o`tilgan darslar bo`yicha savol-javoblar o`tkaziladi.


Yangi dars bayoni: Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash prinsipi.
Tepki kriboship va shatun orqali oyoq yuritmali tikuv mashinasida asosan 12ta mexanizm bor.

  1. Bosh g`ildirak.

  2. Korpus.

  3. Tasma

  4. Platrerma

  5. Harakatga keltiruvchi g`ildirak

  6. To`sqich reshetka

  7. Tepki

  8. Cho`yon yondor

  9. Stol qismi

  10. Asboblar qo`yiladigan tortma

  11. Mashinaning bosh qismi

  12. Oyoq tepki o`rnatiladigan joy.

Oyoq uzatmanimg tuzilishi
Oyoq mashinasi хarakatni oyoqdan tеpki orqali oladi. Tеpki хarakatni krivoship va shatun orqali katta g`ildirakka uzatadi, undan tasma orqali bosh g`ildirak хarakatga kеlib asosiy o`qni ishga tushiradi (2-rasm): 1 — asosiy o`q; 2 — shkiv; 3 — tasma; 4 —harakatga keltiruvchi katta g`ildirak; 5-tasmani g`ildirakdan chiqaradigan asbob; 6- to`sqich reshetka; 7-krivoship; 8-shatun; 9-tepki.
O yoq yuritmali tikuv mashinasida ishlaganda x.t.q. va sanitariya gigiyena talablariga rioya qilish kerak.


Oyoq yuritmali tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, xavfsizlik texnikasi qoidalari (3-rasm)

  1. Ish o'rniga yorug'lik oldi yoki chap tomondan tushishi lozim.

  2. O'rindiqni mashina ignasining to`g`risiga qo`yib, boshni sal oldinga egib o'tirish kerak.

  3. Tikuvchi bilan mashina orasi 10-15 sm bo'lishi kerak.

  4. Sochlar ro'mol ostiga yig`ishtirilgan bo`lishi kerak.

  5. Mashinalar, asbob-uskunalarni yaroqliligini tekshirib turish kerak.

  6. Mashinada ishlayotganda qo'l holatini to'g'ri bo'lishiga e'tibor berish kerak.

  7. Ishlayotgan mashinani moylash, ustidan narsalarni uzatish mumkin emas.


Yüklə 193,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin