Tikuv mashinasida ishlashda xavfsizlik qoldalari . I. Sanitariya-gigiyena qoldalari: 1. Mashina ignasiga old yoki chap tomonidan yorug'lik tushib turishi kerak.
Tikuvchining stuli ignaning to'g'risida bo'lishi lozim.
Tikuvchi tirsagi mashina stoliga to'g'ri kelishi kerak.
Odam tanasi mashina stolidan 10-15 sm narida bo'lib, gavdani to'g'ri tutib, boshini sal egib o'tirishi lozim.
5. Ignadan ko'zgacha oraliq 30-35 sm bo'lishi lozim .
II. Xavfsizlik texnikasi qoidalari: 1. Maxsus kiyim (fartuk) kiyilgan, sochlar ro'mol bilan o'ralgan bo'lishi kerak.
2. Mashina ustidan ortiqcha narsalarni olish, qaychi o'ngda tortmada bo'lishi kerak.
Tikayotgan buyum orasida to'g'nag'ich bo'lmasligi kerak.
Mashinada ishlashdan oldin uning ignasini va tepkisini to'g'ri o'rnatilganligini tekshirish lozim.
M ashinada ishlayotganda diqqatni buzmaslik, harakatdagi qismlariga yaqin bormaslik kerak.
Tikuv mashinasi quyidagi tartibda ishga tayyorlanadi:
1. Baxya yuritgichni rostlash. Baxyaning yirikligi gazla-
ma qalinligi va turiga bog'liq holda tanlanadi (0-4 mm gacha).
Igna o'rnatiladi . Igna eng yuqori holatga keltirilib, 3-vint bo'shatiladi. 1-igna ariqchasi ip o'tkaziladigan tomonga to'g'rilanadi va 2-igna tutgich teshigiga kiritib mahkamlanadi.
Naychaga ip o'raladi. Mashina salt holatga keltirib, naychaga ip o'raladi
Ostki va ustki iplar taqilib mashina ishga tayyorlanadi.
Naychaga ip o`ragich Tikuv mashinalarida naychaga ip o`raydigan maхsus mехanizm bo`lib, u mashinaning o`ng tomonida, bosh g`ildirakka yaqin joyga — mashina tanasining ichiga o`rnatiladi. Naychaga ip bеradigan moslama esa mashina asosiga — platformaga o`rnatiladi (4-rasm).