Mavzu №1 Tizim tushunchasi va uning tasnifi Reja: Tizim tushunchasi va turlari Axborot tizimi tushunchasi


«O‘qituvchi» avtomatlashtirilgan ish joyi



Yüklə 20,46 Kb.
səhifə4/4
tarix27.05.2022
ölçüsü20,46 Kb.
#116312
1   2   3   4
Mavzu № 1Tizim tushunchasi va uning tasnifi

2.2 «O‘qituvchi» avtomatlashtirilgan ish joyi
«O‘qituvchi» avtomatlashtirilgan ish joyi o‘qituvchining ish faoliyatida bajariladigan ishlarni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dasturlar, texnik vositalar, qonun – qoidalar, uslublar, tamoyillarning majmuidan iborat. O‘qituvchining ish faoliyati bilan bog‘liq hamma ishlar ham avtomatlashtirilmaydi. Masalan, mavzuni o‘quvchilarga tushuntirish jarayoni kabi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita muloqatiga bog‘liq faoliyatini kompyuter yordamida avtomatlashtirish kutilgan natijani bermaydi. Avtomatlashtirilgan ish joyi o‘qituvchining ish faoliyatidagi barcha vazifalarni qamrab olmasdan, uning ma’lum yo‘nalishidagi ishini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilarni bilimini obyektiv aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lmish test sinovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish yuqori samara beradi. Bugungu kunda test o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirishda turli kompyuterlar va ular uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlardan foydalanmoqda. Masalan IBM kompyuterlari uchun «Graf - test», «Super –test» dasturlari shular jumlasidandir.
Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari. ATTda axborot texnologiyalari quyidagi vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishi mumkin:

  • jarayonlarni boshqarish va asl, tabiiy (natural) eksperimentlarni o‘tkazish natijalarini qayta ishlash;

  • murakkab jarayonlarni modellash;

  • ekspertiza o‘tkazish va uni qayta ishlash;

  • hisobot va hujjatlarni idora kichik tizimida qurilgan komponentlar sifatida tayyorlash;

  • eksperimental ma’lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash;

  • axborot-izlash, bibliografik va ekspert tizimlarini barpo etishda texnik vosita sifatida chiqish.

Ko‘rsatilgan komponetlar nisbati konkret ilovalarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
ATT yuqori malakali katta mehnatni talab etuvchi murakkab dasturiy – texnik komplekslarni o‘zida namoyon etadi. Ko‘pgina sanoat ATTlarining qiymati millionlab dollar turishi bejiz emas. Xatto shaxsiy kompyuterdan foydalanilgan holda shaxsiy hisoblashga yo‘naltirilgan ATT ham ancha qimmat turadi. Masalan, ATTning Avto Disk firmasi ishlab chiqqan Avto CAD paketi versiya narxi 4000 dollar turadi.
Belgilangan maqsadlar va cheklanishlarni qondiruvchi yangi mahsulot yaratish vazifasi qo‘yilgan har bir joyda shundan foydalanish mumkin. Hozirgi paytda ATT mashinasozlik va radioelektronika kabi sohalarda eng ko‘p tarqalgan. Biroq ATTdan yangi namunadagi texnologiyalar yaratiladigan boshqa ko‘plab sanoat tarmoqlarida foydalanish mumkin. SHu bois ATT qurilishda ham, o‘yinchoqlar ishlab chiqarishda ham, nozik avtomatlashgan tizimlar arxitekturasini loyihalashda ham bir xil muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi.
Xalq ho‘jaligining turli tarmoqlari uchun ATTni loyihalash jarayonlari juda ko‘plab umumiy xususiyatlarga ega. Avtomatlashgan loyihalashga bunday qarash yagona tamoyillar tizimini ishlab chiqish uchun asos yaratadi.
Nazorat savollari
1. Tizim deyilganda nimani tushunasiz?
2. Tizimga misollar keltirig va ta’riflang.
3. Tizimlarni murakabligiga qarab qanday turlarga bo‘lish mumkin?
4. Tizimlar uchun qanday asosiy belgilarni ajratish mumkin?
5. Axborot tizimiga ta’rif bering.
6. Axborot tizimi qanday xossalar bilan aniqlanadi?
7. Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqot tizimlari deganda nimani tushunasiz? Misollar bilan tushuntiring.
Yüklə 20,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin