Mavzu: 10 ichida qo’shish va ayirish reja: Kirish Asosiy qism


Qo‟shishning o‟rin almashtirish xossasini o‟qitishda innovatsion ta'lim



Yüklə 49,04 Kb.
səhifə4/7
tarix11.11.2023
ölçüsü49,04 Kb.
#131645
1   2   3   4   5   6   7
10-variant 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish metodikasi.

Qo‟shishning o‟rin almashtirish xossasini o‟qitishda innovatsion ta'lim 
texnologiyasidan foydalanish. 
Qo‘shiluvchilaming o‘rnini almashtirish usullari bolalar tushunib olishlari uchun dastlab 
ularga qo‘shishining o‘rin almashtirish xossasi mohiyati ochib berish maqsadga muvofiqdir. 
Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan bolalami quyidagicha tanishtirish 
mumkin. O‘quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi. 
O‘qituvchi 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta 
bo‘ladiq Buni qanday bildingiz? 
O‘quvchi: 4 ga 3 qo‘shilsa 7 hosil bo‘ladi (yozadi:4+3=7) 
O‘qituvchi endi uchburchakning rangiga qarab ajrating va 4 ta uchburchakni
3 ta 
uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta bo‘ladiq 
O‘quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7). 
O‘qituvchi: bu misollami sonlarni qo‘shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering. 
O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 4, ikkinchi qo‘shiluvchi 3, yig‘indi 7. Birinchi 
qo‘shiluvchi 3, ikkinchi qo‘shiluvchi 4 yig‘indi 7. 
O‘qituvchi: bu misollar nimasi bilan o‘xshash? 
O‘quvchi: qo‘shiluvchilar bir xil, yig‘indi bir xil. 
O‘qituvchi: bu misollar nimasi bilan farq qiladiq 
O‘quvchi: qo‘shiluvchilarni o‘mi almashdi. 
So‘ngra qo‘shiluvchilaming o‘rin almashtirish usulining mohiyatni ochib beradi, 
ya‘ni hisoblashlarda qachon o‘rin almashtirish xossasidan foydalanish ko‘rsatiladi. Ana shu maqsadda amaliy xarakterdagi masalalar yechiladi. Masalan, har
xil joyda turgan 2 qop va 7 qop unni bir joyga joylashtirish kerak. Uni qanday bajargan ma‘qul. 2 qopni 7 qop oldiga 
keltirib qo‘yishi yoki aksinchami? Bolalar turmushda ko‘rganlaridan foydalanib masalani yechadilar. So‘ngra 1+3, 3+1, 2+4, 4+2 ko‘rinishdagi misollardan bir juftini tushuntiradi. Qolganlarini o‘quvchilar mustaqil yechadilar, hisoblash usullarini taqqoslaydilar. 
Sonlami qanday qilib tezda hisoblash mumkinligini aniqlaydilar. Bunday 
mashqlar asosida o‘quvchilar quyidagi xulosaga keladilar: katta songa kichik
sonni qo‘shish, kichik songa katta sonni qo‘shishga qaraganda oson, qo‘shish paytida esa qo‘shiluvchilaming 
o‘rinlarini doimo almashtirish mumkin, bunday yig‘indi o‘zgarmaydi. 

Yüklə 49,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin