buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladilar. Ko’p hollarda tizimning zararlanishi
kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi.
Kompyuterda viruslarning tarqalishi zararlangan biror fayl yoki dasturning ishlashi
jarayonida yuzaga keladi. Kompyuterda ishlashdan avval xotiradagi ma’lumotlarning
zararlanmaganligini tekshirish zarur bo’ladi.
Kompyuterning viruslar bilan kasallanishi quyidagi hollarda ro'y beradi:
- kompyuterdagi virus bilan kasallangan dasturlar yuklanishi(com, bat yoki exe fayllar);
- moduli zararlangan dasturni ishlatilishi;
- kompyuterga virusli disketalarning yuklanishi;
- kompyuterga zararlangan
ОТ yoki qurilmaning zararlangan drayverlarini o'rnatilishi va
h.k. Kompyuter zararlanganda, birqancha g'aroyib hodisalar yuz beradi:
- ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi;
- ekranga boshqa xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;
- kompyuter ishlashi sekinlashadi;
- ba’zi bir fayllar buziladi;
- fayllarning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo'shish hisobiga o'zgaradi;
- operativ (tezkor) xotiraning bo'sh joyi qisqaradi;
- tizimli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi va
h.k. Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin:
- Bajariluvchi fayllar: COM va EXE ko'rinishidagi fayllar.
Fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllaridagi viruslar, shu
fayl tegishli bo'lgan dastur ishlaganda o'z faoliyatini boshlaydi.
- Operatsion tizimning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchisini zararlaydigan
viruslar yuklovchi yoki but viruslar deyiladi. Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay
boshlaydi va u rezidentlik holatiga o'tadi, ya’ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: