Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):
A1
ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi;
mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+
so‘zlarni tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi.
Talabalarga nutq o`stirish metodikasi yuzasidan savollar beriladi va shu savollar asosida talabalarning bilim va ko`nikmalari yanada boyitiladi, mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savollar beriladi. Berilgan savollarga talabalar o`z so`zlari bilan javob beradilar.
O`qish tempiga qo`yiladigan talablar yuzasidan amaliy topshiriq beriladi va uni talabalar daftarlariga yozib ishlaydilar. Shu orqali nutq tempiga qo`yilgan talablar bo`yicha talabalarning olgan ma`ruza mashg`ulotidagi bilimlari chuqurlashtiriladi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
Nutq o`stirishda nimalarga e`tabor berish zarur?
Nutq o`stirishni darslikdagi ma`lum bir mavzu asosida tushuntirishga harakat qiling.
Nutq tempiga qo`yilgan talablarni qayta esga oling.
Nutq o`stirishning minimal darajasi qaysi me`yoriy hujjatda aks etgan?
Dostları ilə paylaş: |