Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasi ni shakllantirishda fuqarolik burch, ijtimoiy
va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar haqida bilimlarga ega bo‘lish
hamda badiiy va san’at asarlarini tushunish hamda ularni asrashda tashkilotchilik xislatlarini
rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, matematika ularni haqgo’y, nohaqlikka befarq bo’lmaslik
va vatanga sadoqatli bo’lish ruhida tarbiyalaydi. Matematika fanini puxta o’rgatish orqali
o’quvchilarni jamiyatning faol fuqarosi sifatida rivojlantirib borishga zamin yaratiladi.
Matematika faniga oid kompetensiyalar. “Al-jabr” milliy ta’lim standartlari tizimi Matematika fani bo‘yicha milliy ta’lim standartlarini yaratishga yondashuv tizimli,
yani muayyam tizimga solingan bo‘lib, u “Al-jabr” deb nomlanadi. Bu nomda o‘ziga xos
“tiklanish” ma’nosi mujassamlangan.
Standartlar ta’limning boshlang‘ich davridanoq barcha o‘quvchilarni imkon qadar keng qamrab
olib, ularning o‘qish jarayonida to‘liq ishtirok etishi uchun imkoniyat va ta’lim sohasida maxsus
ehtiyojlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarning maksimal darajadagi ishtirokini ta’minlash uchun
tegishli sharoitlarni yaratib berishi lozim. Standartlar barcha o‘quvchilarga kelgusida ta’limni
davom ettirish va mehnat faoliyatini boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida erishilishi kerak
bo‘lgan aniq marralarni belgilab beradi. Aniqroq qilib aytganda, standartlar - o‘quvchilar nimani
tushunishi va nimani bajara olishini belgilab berishi lozim. Matematika fani bo‘yicha ta’lim
standartlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (11- sinf) bitiruvchilarining matematika fani
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yilgan umumlashgan talablardan iborat
bo‘lib, ular matematik mazmun va matematik amaliyot standartlariga bo‘linadi.
Matematika fanidan 1-sinf ta’lim standartlari matematik mazmun va amaliyot