Boshlanğich matematika óqitish metodikasi pedagogika fani bilan uzviy
boğliq bólib, uning qonuniyatlariga tayanadi. Matematika óqitish metodikasi bilan
pedagogika orasida ikki tomonlama boğlanish mavjud. Bir tomondan matematika
metodikasi pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda
shakllanadi, bu hol matematika óqitish masalalarini hal qilishga metodik va nazariy
yaqinlashishning bir butunligini ta’minlaydi.
Boshlanğich matematika metodikasi ta’limning
boshqa metodikasi bilan
boğliq. Fanlararo boğlanishni tóğri amalga oshirish uchun óqituvchi buni hisobga
olishi juda muhimdir.
Matematika boshlanğich kursi ham ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal
qilishi kerak.
Matematika óqitishning asosiy vazifalaridan biri óquvchilarda hisoblash, ólchash
va grafik kónikmalarning ma’lum aniq tizimini hosil qilishdan iborat.
Óquvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat va munosabatlarni
ochishni, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishni órganishlari,
shuningdek oğzaki va yozma xulosalar qilishni órganishlari kerak.
Boshlanğich
maktab matematika dasturi xuddi shunda yónaltirilgan, unda óqitishda nazariylik
saviyasini oshirish ochiq oydin ifodalangan, nazariyani amaliyot bilan uzviy
boğliqlik roli seziladi.
Boshlanğich sinflarda óqitish tarbiya bilan uzviy
boğlab amalga oshirilishi
kerak.
Boshlanğich matematikasining tuzilishi óziga xos xususiyatlariga ega.
1. Arifmetik materiallar kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar
arifmetikasi, asosiy miqdorlar. Algebra va geometriya elementlari asosiy bólim
shaklida óqitilmasdan arifmetik materiallar bilan qóshib óqitiladi.
2. Boshlanğich sinf materiali konsentrik (markazdosh) tuzilgan. Masalan, oldin 1-
ónlikni nomerlash óqitilsa, keyin 100 ichida nomerlash va arifmetik amallar
bajarish óqitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin kóp
xonali sonlar uchida.
Bularni óqitish bilan bizga nomerlash, miqdorlar, kasrlar algebralik va geometrik
materiallar qóshib óqitiladi.
3. Nazariya va amaliyot masalalari ózaro organik, boğlangan xarakterga ega.
4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy boshlanishlarni ochish kursda ózaro
boğlangan.
5.Har bir tushuncha
rivojlantirilgan holda
tushuntiriladi.
Masalan,
arifmetik
amallarni óqitishdan oldin uning aniq
mohiyati ochiladi, keyin komponentlar
orasidagi
boğlanish, keyin amal natijasi,
oxirida amallar orasidagi boğlanish
beriladi.
6.Asosiy
tushunchalar
va
natijaviy
tushunchalar ózaro boğlanishda berilgan. Masalan, qóshish asosida kópaytirish
keltirib chiqarilgan.
Boshlanğich sinflarda matematika óqitishning maqsadlari quyidagilar: umumta’lim
maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi.
Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy boğliq bólib, bir-birini tóldiradi.
Umumta’lim maqsadi óqituvchidan quyidagilarni talab qiladi.
a) Óquvchilarga
matematik bilimlar tizimidan, bilim malaka kónikma berish;
b) haqiqiy aniq olamni matematik usullar bilan órganish;
v) Óquvchilarni oğzaki va yozma nutqlarini óstirishni, uning sifatli bólishini
ta’minlash;
g) Óquvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlash kerakki, bu
bilimlar orqali, aktiv bilish faoliyati orqali, bilim malaka kónikmalari ortib borish.
Dostları ilə paylaş: