Mavzu: boshlangʻich taʼlimda tarbiya jarayon sifatida reja


Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari



Yüklə 40,64 Kb.
səhifə8/14
tarix25.11.2023
ölçüsü40,64 Kb.
#134269
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA TARBIYA JARAYON SIFATIDA

Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yoʻlni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogʻliq:


1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday boʻlsa, unga erishish metodlari unga muvofiq boʻlishi zarur.

2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan toʻldirilgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bogʻlash gʻoyat muhimdir.

3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga oʻxshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bogʻliqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qaraganda yashaganlikning son koʻrsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va axloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi oʻz aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuygʻusini boshlangʻich ta’lim, oʻrta ta’lim va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qoʻllaniladi.

4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham oʻzgarmasdan kelmoqda. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.

5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining «Men»ini roʻyobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi.


Yüklə 40,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin