Maxsus fanlarni o‘qitishda interfaol metodlarni qo‘llash
1) Maxsus fanlarni o‘qitishning tashqi va ichki qonuniyatlari.
2)Tashqi qonuniyatlar - o‘qitish natijalarining ijtimoiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va natijaviylikka yo‘naltirilganligi.
3) O‘quv jarayoni tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik.
4)Maxsus fanlarni o‘qitishning didaktik tamoyillari
.Maxsus fanlarni o‘qitishning tashqi va ichki qonuniyatlari. Ma’lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Pedagogikada qonuniyatlar deganda –qonuniyatlarning aniq sharoitlardagi harakat ifodasi tushuniladi. Qonuniyatlarning asosiy xususiyati ular pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishda aks etadi, qoidalarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
O‘qitish qonuniyatlari (qoidalari) - bu o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari, komponentlari o‘rtasidagi ob’ektiv, muhim, barqaror, takrorlanuvchi aloqalardir.
Tashqi qonuniyatlar ijtimoiy jarayonlar va sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatlar, madaniyat darajasi, jamiyatning ma’lum bir tipdagi shaxslarga bo‘lgan ehtiyoji va ta’lim darajasini tavsiflaydi.
O‘qitish jarayonining ichki qonuniyatlariga uning komponentlararo aloqalari hisoblanib, bularga: maqsadlar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar o‘rtasidagi aloqalar kiradi. Har qanday ta’lim jarayonlariga umumiy qonuniyatlar xos bo‘lib, ular ta’limning barcha tizimlarini qamrab oladi. Umumiy qonuniyatlarga quyidagilar kiradi
Ta’lim tamoyillari - ta’lim beruvchi faoliyatini va ta’lim oluvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Ular ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatining muhim ichki tamonlarini aks ettiradi hamda turli shakl, mazmun va yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilayd
O‘zbek milliy didaktikasining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir SHukuriy, A.Ibodiev, M.Behbudiy, A.Avloniy, S.Saidazizov, R. Usufbekov kabi ma’rifatparvar pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich bo‘ldi. 20-asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning qadimiy shonu shuhratini tiklash uchun uni ma’rifatli qilishdan o‘zga yo‘l yo‘qligini to‘g‘ri belgiladi.
Jahon pedagogikasining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lgan, ayni vaqtda ta’limni tashkil etishda ko‘p asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, didaktikaning metodologik asosi sifatida islomiy e’tiqodni belgilagan jadidlar o‘qitish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar ta’limni uyushtirishning amaliy jihatlari bilangina shug‘ullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik qarashlari ularning ko‘plab pedagogik asarlari, darslik va qo‘llanmalarida aks etgan.
Ta’limning insonparvarlashuvi tamoyili o‘zbek didaktikasining asosiy talablaridan bo‘lib, ta’lim mazmunini belgilash va pedagogik amaliyotni tashkil etishda shaxs ma’naviyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi predmetlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratish yo‘li bilan bolalarning hissiyotini shakllantirishga erishish, ularda iroda xususiyatlarini tarkib toptirish muhimdir.
Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi o‘zbek didaktikasining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday ta’lim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Ma’naviyatni shakllantirish maqsad darajasiga ko‘tarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy didaktika ta’lim oluvchilarni ta’lim jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham ko‘zda tutadi
Tizimlilik va izchillik tamoyili pedagogik jarayonning hamma bo'g'mlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o'z aksini topadi. Ulardagi material bir qator didaktik talablar bo'yicha joylashtiriladi. O'quv dasturida nazariy va amaliy mashg'ulotlar bir-biriga uzviy bog'lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o'quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunm tarkib toptirish kerak
Ta’lim va tarbiyaning birligi:
o‘zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali ta’lim oluvchilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish;
shu jarayonda ta’lim oluvchilarga muayyan ma’naviy sifatlar, ahloq normalarini singdirish