o’rtachalashtirish. Metallurgiya korxonalariga rudalar doim bitta shahtadan keltirilmaganligi uchun ularning kimyoviy tarkibi turlicha bo’ladi. Shuning uchun ularning tarkibini o’rtachalashtirish talab etiladi, chunki shixta materiallari kimyoviy tarkibining bir xil bo’lishi pechning ish unumini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan rudalarni o’rtacha kimyoviy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan.
Domnapechdanolinadiganmahsulotlar: Cho‘yan– oq cho‘yan-qayta ishlanadigan, kulrang cho‘yan-quymakorlik va ferroqotishmalar olinadi.
Shlak-izolyasiya va qurilish materiallari olish uchun ishlatiladi.
Domnagazi– Domnalardan ajralayotgan gazlarga aytiladi. Gaz tarkibida
20 – 32 % SO, 2 – 4 % H2, 0,2 – 0,4 % CH4, 8 – 10 % SO2 va 56 – 63 % N2 bo‘ladi. Ushbu gazlar tozalangach bug‘ qozonlari va binolarni qizdirishga sarflanadi.
Koloshnik changi–Domna gazlariga qo‘shilib chiqadigan shixta materiallarining changi koloshnik gazi deb ataladi.Ular tarkibida 40-50% temir bo‘ladi.Domna gazlari maxsus tozalagichdan o‘tgandan so‘ng,changlardan aglomeratlar tayyorlanadi va ishlab chiqarishga jo‘natiladi.
Domna pechi 5-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo‘lib o‘rtacha hajmi 2000-3000 m3 bo‘ladi. Domna pechining devori o‘tga chidamli shamot g‘ishtidan terilib ichki sirt yuzi chidamli gil bilan suvalib sirtidan esa 20- 40 mmli po‘lat list bilan payvandlab qoplangan va mahkamlangan.
Pechning o‘tga chidamli g‘isht terilmalarining chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining 3/4 qismida) sovitgich trubalar o‘rnatilgan va ularda sovuq suv aylanib turadi.
Domna ishlayotganda ajraladigan gazlar uning kolshnik qismiga o‘rnatilgan trubalar orqali gaz tozalash apparatiga o‘tadi. Uning katta silindriga o‘tishda tezligi pasayishi sababli undagi ruda va koks zarrachalari silindr tagiga yog‘iladi, lekin bu gazlarga ruda va koks changlari ergashadi. Shu boisdan yaxshi tozalanishi uchun gaz skrubber deb ataluvchi silindrlarda va suv purkagich bilan namlab ajratiladi. Shunday qilib tozalangan gazdan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Gaz tozalash apparatida tozalangan domna gazlari mahsus trubalar orqali ko‘pincha havo qizdirgichlarga yuboriladi. Pechning kolshnik qismi tagidagi past tomon kengayib boradigan kesik konusli eng katta qismiga shaxta deyiladi. Bunday konstruksiya shixta erigan sari uni pastga tushishga ko‘mak beradi. Bu qism, o‘z navbatida, pastdagi silindrik shaklli qism bilan tutashgan bo‘lib, raspar deyiladi. Raspar pasti kesik konusli qism bilan tutashgan bo‘lib, bu zaplechik deb ataladi. Zaplechik o‘txonaga qarab kichraya borishi sababli qattiq shixtani raspar va shaxtada tutilishiga ko‘maklashadi (7.1-rasm).
7.1-rasm. Domna pechining ko’rinishi
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, zaplechik o‘txona bilan tutushgan, pechning o‘txonasi tubi leshad deyiladi. U grafit bloklar yoki yuqori sifatli shamot g‘ishtlardan teriladi. O‘txonaning eng pastki qismidan koloshnikning eng yuqori qismigacha bo‘lgan hajmi pechning foydali hajmi deyiladi. O‘txonaning yuqori qismida aylana bo‘ylab joylashgan bir necha teshiklar bo‘lib, ularga mahsus uskunalar (furmalar) o‘rnatiladi. Furmalar pech devorlaridan 130-200 mm ichkariga chiqarilgan bo‘lib, koks yaxshi yonishi uchun ular orqali pechga 0,25 Mpa bosimda 8000 -9000 C li qizdirilgan havo haydab turiladi.