Kompleks o’g’itlarning oddiy o’gitlardan afzaliklari va kamchiliklari 0 ‘g‘it ishlab chiqarish sanoatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri konsentratlangan oddiy va kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni har tomonlama rivojlantirish hisoblanadi. Kompleks o‘g‘itlarning sifat va samaradorligini oshirish uchun ularning tarkibiga magniy hamda mikroelementlarni qo'shganda, qishloq xo'jalik ekinlari va ular o‘stiriladigan tuproq xillari xususiyatlarini hisobga olishga alohida e’tibor berish maqsadga rnuvofiqdir. Yaqin kelajakda o'simliklarning tuproqdan oziqlanishining asosiy muammolari o‘z yechimini topishi e’tiborga olib, kompleks o‘g‘itlarni qo'llash samaradorligini amalga oshirishda olib boriladigan tadqiqotlar ulardan foydalanish tamoyillarini tubdan o‘zgartirishga, tuproqdagi oziqa elementlarining harakatchan shaklga o‘tish tezligini program- malashtirish masalalarini liai qilishga qaratiladi. Bunday o‘g'itlarni qo'llashga qaratilgan izlanishlar, jumladan, ularni uzoq muddat ta’sir doirasini aniqlash ulardan har xil tuproq—iqlim zonalarida turli xil ekinlar uchun foydalanish tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. 0 ‘g‘itlarning yangi shakllaridan foydalanish o'simlik tomonidan o‘g‘it ham tuproq tarkibidagi zaxira holdagi oziqa elementlarini toMaroq o'zlashtirish imkonini beradi. Albatta bu narsa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini arzonlashtirish va atrof-muhitning ifloslantirishni oldini olish imkonini yaratadi.
Xulosa Qator tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mikroelementlar bilan boyitil- gan o'g'itlarni, jumladan kompleks o'g'itlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yish va ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish sharoitida mikroelementli o'g'itlarni sinab ko'rish (ishqorlangan qora tuproq va chim-podzol tuproqlarda) shuni ko'rsatadiki, faqat bor hisobida nitroammofosdan olinadigan qo'shimcha hosil har gektar maydonga qand lavlagisining ildizlari bo'yicha 30—40 sentnerni, karam urug'i bo‘yicha 2,3—2,9 sentnerni, no‘xat doni bo'yicha 2,1—3,7 sentnerni tashkil qiladi. Chim-podzol tuproqlarga superfosfatga molibdenni qo'shib solish pichan uchun ekilgan dukkaklilar bo'yicha qo'shimcha ravishda har gektariga 5—6 sentner hosil olish imkoniyatini yaratadi. Qishloq xo'jalik ekinlaridan mumkin qadar sifatli va yuqori hosil yetishtirish, o'simliklarni mutanosiblangan tarzda oziq elementlari bilan ta’minlash yoki mikroo'g'itlardan foydalanishga differensial yondoshishnigina talab qilib qolmasdan, balki tuproqlarning mikroelementlar bilan ta’minlanganlik darajasini, tuproq iqlim sharoitlarini, ekinlarni oziqlanishga bo'lgan talabi va boshqalarni e’tiborga olishni talab etadi. Mikroelementlarning tuproqdagi harakatchanligi va o'simliklar tomonidan o'zlashtirilish darajasiga tuproq muhitining fiziologik nordonligi yoki mineral o‘g‘itlarning ishqoriyligi katta ta’sir ko'rsatadi. Organik o‘g‘itlarni yuqori me’yorda qoilash, odatda, mikroelementlarning tuproqdagi zaxirasini va harakatchan shakldagi miqdorini oshishiga sabab bo‘ladi. Yaqin kelajakda o'simliklarning tuproqdan oziqlanishining asosiy muammolari o‘z yechimini topishi e’tiborga olib, kompleks o‘g‘itlarni qo'llash samaradorligini amalga oshirishda olib boriladigan tadqiqotlar ulardan foydalanish tamoyillarini tubdan o‘zgartirishga, tuproqdagi oziqa elementlarining harakatchan shaklga o‘tish tezligini program- malashtirish masalalarini liai qilishga qaratiladi. Bunday o‘g'itlarni qo'llashga qaratilgan izlanishlar, jumladan, ularni uzoq muddat ta’sir doirasini aniqlash ulardan har xil tuproq—iqlim zonalarida turli xil ekinlar uchun foydalanish tizimini ishlab chiqish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati M .Sagdiyev R .Alimova O’simlikshunoslik Toshkent-2007