Elementlarni
statik modellari o`zgarmas va o`ta sekin o`zgaruvchi ta`sirlarda ishlatiladi.
Dinamik modellar esa tez o`zgaruvchan hamda yuqori chastotali ta`sirlarda qo`llaniladi.
3.Elektr zanjirlarni zamesheniya sxemalari.
Zamesheniya sxemalari real elektr zanjirlarini matematik ifodalanishi bo`lganligi sababdan ular ko`p
hollarda elektr zanjirlarini matematik modeli deb ham ataladi.
Kuchlanishi toka bog`liqligi elektr zanjiri elementlarini asosiy xarakteristikalari xisoblanadi. Bu bog`lanishlarni volt-amper xarakteristikalari deb atashadi(VAX).
Elektr
zanjiri elementlari passiv va aktivga bo`linadi. Barcha elektr energiya manbalari
aktiv elementlar hisoblanadi, ular EYUKni ma`lum miqdori Bilan harakterlanadi.
Elektr energiya issiqlikka aylanadigan zanjir elementi qarshilik R yoki o`tkazuvchanlik g Bilan xarakterlanadi. Bunday
elementlar passiv elementlar deb ataladi.
Aktiv elektr zanjirlari passiv
elementlardan tashqari, elektron yoki yarimo`tkazgichli asboblardan tashkil topadi, ularda kirish signali energiyani o`zgarish jarayonini boshqaradi. Bu energiya esa manbadan keladi.
Real elementlarni modellari elektr energiyasi ideal manbalari va ist`yemolchilari tushunchasidan foydalanishga asoslanadi. Masalan: rezistivli, induktivli va sig`imli
elementlar, yana tok va kuchlanish manbalari.