Mavzu: Elektron jadvallarning maqsadi va vazifalari. Ms excel interfeysi va uning konfiguratsiyasi Reja


MS Excel dasturida fayllar bilan ishlash



Yüklə 142,54 Kb.
səhifə5/7
tarix14.02.2023
ölçüsü142,54 Kb.
#123379
1   2   3   4   5   6   7
Ms excel dasturining interfeysi bilan ishlash ms excel dasturida

MS Excel dasturida fayllar bilan ishlash

Agar foydalanuvchi dastlab Excel dasturida ma’lumotlarni qayta ishlashda fayl nomini kiritmagan bo’lsa, u holda, kompyuter yangi faylni Kniga1(1-kitob) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab jadvaldagi ma’lumotni qayta ishlashi, keyin esa, uni ixtiyoriy nom bilan fayl ko’rinishda diskda saqlashi mumkin. Foydalanuvchi faylga yangi nom kiritmoqchi bo’lsa, menyudan FaylSoxranit kak... buyrug’i tanlanadi va ekranda muloqot oynasi paydo bo’ladi. Oynaning Imya fayla darchasiga fayl nomi kiritiladi hamda Soxranit tugmachasi bosiladi va natijada, jadval yangi nom bilan diskda saqlanadi.
Fayl bir marta nomlanadi. Xotirada saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Fayl bo’limidan Soxranit buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Agar foydalanuvchi oldindan mavjud bo’lgan fayllar bilan ishlamoqchi bo’lsa, u holda FaylOtkrыt buyrug’i tanlanadi yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.
Ekranda fayllar ro’yxati paydo bo’ladi va “sichqoncha” ko’rsatkichi bilan fayl nomi tanlanadi va Otkrыt tugmachasi bosiladi. Umuman olganda, fayllarni ishga tushirish va saqlash Word dasturi kabi amalga oshiriladi. Excel dasturi ham Word dasturi kabi ko’p oynali dastur hisoblanadi.
Faylni chop qilish
Faylni chop qilishda ko’pchilik foydalanuvchilar menyuning Fayl  Pechat buyrug’idan yoki [Ctrl]  [R] tugmachalar majmuasidan foydalanadi. Bu holda ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo’ladi.

Bu oynada foydalanuvchi chop qilish parametrlarini va printer xossalarini o’rnatishi mumkin. Jadvalning barcha varaqlarini chop qilish uchun «vse» buyrug’i tanlanadi. Agar jadvalning ba’zi varaqlarini chop qilish kerak bo’lsa, u holda «stranisы» darchasiga, masalan, 1-15 kiritiladi va OK bosiladi. Chislo kopiy bo’limida jadvalning necha nusxada chop qilinishi ko’rsatiladi.



Yüklə 142,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin