Mavzu: Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash. Reja


Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari



Yüklə 38,21 Kb.
səhifə5/11
tarix31.12.2021
ölçüsü38,21 Kb.
#112363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash

Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari.

Jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinayotgan mavzulardan biri bu motivatsiya va motivlardir. Uzoq va yaqin chet ellarda o’ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy pozisiyalar va konsepsiyalar moshiyati jishatdan farqlanuvchi g’oyalar va yo’nalishlar mujassamlashdi. Shozir ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi Hisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to’xtalishga shojat yo’qdir.

Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivasiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.

Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tadi. Bixeviorizm uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. Shunga qaramasdan, ba'zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor qilganlar.




Yüklə 38,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin