Mavzu: G’arb mamlakatlarida oilaviy munosabatlar


Oilaning relaksatsiya vazifasi



Yüklə 160 Kb.
səhifə11/14
tarix26.11.2023
ölçüsü160 Kb.
#134910
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
G’arb mamlakatlarida oilaviy munosabatlar 2

8. Oilaning relaksatsiya vazifasi. Ishlab chiqarish jarayonining tezlashuvi, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlardagi kuchli raqobat zamonaviy sharoitda shaxslarda turli darajadagi zo’riqishlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa o’z-o’zidan oilaning relaksatsiya imkoniyatiga ega bo’lishi zarurligini taqozo etadi. Oilaning relaksatsiya vazifasi oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini yo’lga qo’yish, ruhiy-jismoniy quvvat va mehnat qobiliyatlarini qayta tiklash6dan iboratdir. Oila har bir shaxsning emotsional jihatdan to’laqonli shakllanishi mumkin bo’lgan eng qulay maskan sanaladi. Oila a’zolarining bir-birlariga bo’lgan ijobiy munosabatlari, o’zaro bir-birlarini qo’llay olishlari ularda ruhiy xotirjamlik, hissiy barqarorlikni yuzaga keltirsa, ota-onaning farzandlar salomatligi to’g’risida qayg’urishlari, mehnat vositasida chiniqtirib borishlari ularning jismoniy baquvvat bo’lishlari uchun zarur sharoitni yaratadi. Qolaversa, ma’lum muammolarga duch kelgan farzandlarga so’z vositasida dalda berish, oila a’zolarining birgalikdagi dam olishlari jarayonida ota-onaning suv hamda musaffo havo yordamida chiniqishlari uchun sharoit yaratish ularni kuchli ruhiy zo’riqishdan xalos etadi.
Mehnat qobiliyatini yo’qotgan oila a’zosi to’g’risida ota-ona va yaqinlarining qayg’urishlari, unga dalda bera olishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlashlari ham uning salomatligini, jismoniy-ruhiy quvvatini qayta tiklash, mehnat jarayoniga qaytarish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu esa o’z navbatida oilaning reklaksatsiya vazifasi to’la-to’kis bajarilishini tasdiqlaydi.
Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarining bajarilishidagi ahamiyati. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila jamiyat talablariga muvofiq faoliyat yuritadi. Jamiyatning rivoji esa, yuqorida aytib o’tilganidek, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir. Chunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ushbu talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko’rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo’lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.

Ushbu munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o’ziga xos faollikni yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o’zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini kurish holati ro’y beradi.


Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bo’lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.
Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Sobiq Ittifoq davrida esa oilaning shaxs tarbiyasidagi beqiyos o’rni va roli inkor etilgan edi. Shaxs ijtimoiy muhit vositasida tarbiyalanar edi.
Oilada bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalovchi maskan sanaladi. Shunday ekan, uning muhitida tashkil etiladigan munosabatlarning oila zimmasidagi vazifalarni to’la-to’kis ado etilishiga e’tibor qaratish muhimdir. Oila zimmasidagi vazifalarning samarali bajarilishi, oilaviy munosabatlarning to’g’ri tashkil etilishida ota-onalar tomonidan tanlangan munosabat uslubi muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy sharoitda oilalarda ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatni o’rganish natijasida barcha oilalar uchun quyidagi to’rtta uslub xos ekanligini ko’rish mumkin:

  1. avtoritar uslub;

  2. anomal uslub;

  3. liberal uslub;

  4. demokratik uslub.

Quyida barcha oilalar uchun xos bo’lgan to’rtta uslub mohiyati yuzasidan so’z yuritiladi.
1. Oilaviy munosabatlarning avtoritar uslubga asoslanishi. Bunda oilada ota-onaning obro’si hal qiluvchi rol o’ynaydi. Oilada shaxslararo munosabatlarda teng xuquqlilik erkin xatti-xarakat qilish tashabbuskorlik, bolalarning yurish-turishi, xatti-harakati imkon qadar cheklab qo’yiladi. Ota-ona tomonidan tarbiyaviy ta’sir o’tkazishning asosiy metodi jazolashdan iborat bo’lib qoladi. Buning natijasida farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi asta-sekin yo’qola boshlaydi. Keyinchalik bu tuyg’u farzandlarning ota-onadan uzoqlashishi, begonalashishiga sabab bo’ladi. Oilaviy munosabatlar bolalarni qoniqtirmaydi. Buning natijasida ular odamovilik, tortinchoqlikni o’zlashtira boshlaydilar. Avtoritar uslubga asoslangan munosabatlar odatda qo’rqoq va irodasiz shaxslarning shakllanishiga olib keladi.
2. Oilaviy munosabatlarning anomal uslubga asoslanishi. Bu kabi oilalarda oilaviy nizo o’zaro ajralishlarning asosiy manbai sanaladi. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar anomal uslubga asoslanuvchi oilalar sirasiga asosan ota-ona yoki ulardan biri ichuvchi yoki giyohvand bo’lgan oilalar kiradi. Oiladagi anomal holat farzandlarning osoyishta yashashi va o’qishi uchun imkon bermaydi. Mazkur oilalarda hukmron bo’lgan muhit ta’sirida bolalarda asabiylik, xudbinlik, ota-onani hamda oilaning boshqa a’zolarini hurmat qilmaslik, mensimaslik, bo’ysunmaslik, kelishmovchilik kabi salbiy sifatlar shakllanadi.
3. Oilaviy munosabatlarning liberal uslubga asoslanishi. Farzand tarbiyasiga bu xildagi munosabatda bo’ladigan oilalarda tashqaridan qaraganda murosasizlik, ko’ngilchanlik, iliq psixologik iqlim, ruhiy barqarorlik hukmrondek ko’rinadi. Aslida esa “liberallik” oiladagi har qanday vaziyat beandishalik bilan hal etiladi. Buning oqibatda bolalarning irodaviy sifatlari zaiflashib, ikkiyuzlamachilik, o’zgalar bilan murosa qila olmaslik, kelishmovchilik kabi sifatlari shakllanib boradi.
4. Oilaviy munosabatlarning demokratik uslubga asoslanishi. Ota-onaning farzandlarga nisbatan demokratik munosabati uning oilada har tomonlama shakllanishi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan sharoitni yuzaga keltiradi. Demokratik uslubga asoslangan oilaviy munosabatlar, ularni tartibga soluvchi qoidalar farzandlar hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi. Bolalar oilada u yoki bu masalalarni bevosita o’zlari to’g’ridan-to’g’ri hal qiladilar. Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi demokratik g’oyalar asosida farzandlarning qiziqish, intilish, xohish-istaklari va manfaatlarini o’zaro muvofiqlashtirish, ularni murosaga keltirish va kelishtirish siyosati yotadi. Ota-onaning farzandiga bo’lgan demokratik yondashuvi oila a’zolarni birlashtiradi, oila mustahkamligini ta’minlaydi. Anglanganidek, ota-onaning farzandga nisbatan demokratik yondashuvi oila muhitida ijtimoiy muammolarni hal etishga yodram beradi.
Har bir oilada ijtimoiy munosabatlar o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Oilaviy munosabatlarning o’ziga xosligi uning a’zolari ma’naviyati, hayotiy intilishlari, maqsadlarida aks etadi. Shuningdek, oila a’zolarining o’zaro ta’siri ota-ona va farzandlar munosabati mazmunini belgilab beradi.
Oilaviy munosabatlar mazmunini belgilovchi muhim mezon oila hayotini tartibga soluvchi ijtimoiy-axloqiy me’yorlar hamda oila a’zolarining axloqidir. Shu sababli ajdodlar oilaviy munosabatlarning ijobiy xarakter kasb etishiga katta e’tibor qaratib kelganlar. Binobarin, jamiyatning rivoji bevosita oilalarning barqarorligi, mustahkamligi hamda ijtimoiy-axloqiy munosabatlarning sog’lomligiga bog’liqdir.
Oilaning tarbiyaviy vazifalari sirasida ota-onalarning farzandlar o’rtasida aqliy tarbiyani tashkil etishi ham muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar oila muhitida aqliy tarbiyani samarali tashkil etishga e’tibor qaratar ekan, asosiy maqsad bolalarni “ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan xabardor qilish, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarni berish orqali ularda tafakkur, dunyoqarashni rivojlantirish”7dan iborat ekanligini nazarda tutishlari lozim. Shuningdek, oila muhitida tashkil etiladigan aqliy tarbiya jarayonida ota-onalar quyidagi vazifalarni samarali hal etishga erisha olishlari muhimdir:
1. Turli ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda jurnallar yordamida, shuningdek, Internet axborot tarmog’i vositasida bolalarni ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirib borish.
2. Bolalarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirish orqali ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.
3. Oila sharoitida uy-ro’zg’or ishlarini bajarish, ayniqsa, elektr asboblari bilan ishlash, turli jihozlarni tayyorlash, texnika (Masalan: mashina, mototsikl, veloseped, moped, telefon, mobil telefon va b.q.) hamda mashiy texnika buyumlari (muzlatkich, mikro to’lqinli pech, gaz, televizor, radio, magnitafon, sovutkich va h.k.), uy-ro’zg’or jihozlari (shkaf, shifoner, javon, stol, stul, krovat, divan, kreslo va b.q.)ni ta’mirlashda bolalar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy ilmiy bilimlarni amalda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
4. Ilm-fan va texnika sohalarida yuksak natijalarga erishgan yoki texnika, maishiy texnika hamda uy-ro’zg’or jihozlarini yasash, ta’mirlash bo’yicha alohida mahoratga ega shaxslar faoliyati namunasida bolalarda o’zlarining ilmiy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borish istagini yuzaga keltirish.
5. Oila muhitida bolalarda ilmiy bilimlarni samarali, puxta o’zlashtirishga yordam beradigan “psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va h.k.)ni rivojlantirish”8ga erishish.
6. Farzandlar o’rtasida musobaqa, o’zaro bellashuv, bahs-munozara shaklida zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyaga oid bilimlarni o’zlashtirishni rag’batlantirish orqali ularda ilmiy dunyoqarash shakllanishini ta’minlash.
Aqliy tarbiyani oila sharoitida tashkil etishda “dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko’ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg’ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo’nalishlar bo’yicha bolada qiziqishni uyg’ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko’rsatilayotgan namuna muhim tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o’yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o’yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko’rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o’zining ijobiy samarasini beradi9.



Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin