Mavzu: G’arb mamlakatlarida oilaviy munosabatlar


Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish



Yüklə 160 Kb.
səhifə13/14
tarix26.11.2023
ölçüsü160 Kb.
#134910
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
G’arb mamlakatlarida oilaviy munosabatlar 2

Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish. Oila muhitida jismoniy tarbiyani tashkil etish ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar tomonidan farzandlarda jismoniy madaniyat sifatlarining tarbiyalanishiga e’tibor qaratilishi ularning komil inson bo’lib shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. “Bolalarning sog’lom bo’lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va mustahkamlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi.
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug’ullanishga ko’niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham o’rgatib boradi.
Ovqatlanishning to’g’ri tashkil etilishi ham bolaning sog’lom bo’lib o’sishining asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo’lni yuvish, ovqatdan keyin og’izni chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da cho’milish, qo’l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu
holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi” 13.
Bolalarning jismonan etuk bo’lib voyaga etishlarida ota-onalar, yana shuningdek, quyidagi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratishlari zarur: farzandlarning kun tartibiga ega bo’lishlariga hamda irodalarini chiniqtirishga erishish, asab tizimi mustahkam bo’lishi uchun uyquning me’yorida bo’lishi uchun sharoit yaratish, ularda doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantirish, bo’sh vaqtni ko’nglilli o’tkazilishini ta’minlash.
Oila tarbiyasining muhim yo’nalishlaridan yana biri – oilada jinsiy tarbiyani to’g’ri, samarali tashkil etish sanaladi. “Jinsiy tarbiya – bolalar, o’smirlar va yoshlarda jinsiy masalalariga nisbatan to’g’ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi”14 sanaladi. Oilaning jinsiy tarbiyani tashkil etishdagi roli mohiyatiga ko’ra kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv vazifasini ifodalaydi. Kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv vazifasi yuzasidan esa yuqorida batafsil so’z yuritildi. Ayni o’rinda shuni qo’shimcha qilish mumkin, jinsiy tarbiya yoki oilaning reproduktiv vazifasi shakllarida ifodalanishdan qat’iy nazar ota-onalar o’g’il va qiz bolalarning jinsiy jihatdan rivojlanishiga xos xususiyatlar, bosqichlar, shuningdek, tabiiy va g’ayritabiiy (lot. “akseleratsiya” – tezlashuv, ya’ni, individning ruhiy va fiziologik jihatdan rivojlanishining sun’iy ravishda tezlashishi) jinsiy etilish mohiyati, oilada jinsiy tarbiyani to’g’ri tashkil etish yo’llaridan xabardor bo’lishlari zarur.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviyma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. Ya’ni o’z taraqqiyot va islohot yo’limizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand bo’lish muhimdir
Har qanday jamiyat oilalardan tarkib topadi. Oila jamiyatning kichik, biroq, eng asosiy bo’g’ini sanaladi. Zero, jamiyatning mavjudligi unda yashovchi kishilarni o’z ichiga olgan oilalarning borligi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra oila va jamiyat o’rtasidagi aloqaning mustahkamligi, bir-birini taqozo etishi nihoyatda muhim. Bu muhimlik jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishi uchun nafaqat ta’lim muassasalarida, balki oilada ham bola (farzand)lar tarbiyasini to’g’ri, samarali tashkil etishni taqozo qilishida aks etadi.
Kishilik taraqqiyotining turli bosqichlarida ham oila tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelingan. To’g’ri, ba’zan bu e’tibor bir qadar sustlashgan (sobiq Ittifoq davrida sotsializm g’oyalariga ko’ra shaxsning tarbiyasida oila emas, balki jamiyatning etakchi o’rin tutishi alohida uqtirilar edi). Biroq, shuni alohida atib o’tish lozim, hech bir jamiyat va ijtimoiy tuzumda oilaning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati, o’rni va roli butunlay inkor etilmagan.
O’zbekiston hududida esa qadim-qadimdan oilaning ijtimoiy-tarbiyaviy kuchga egaligi alohida e’tirof etilib, yuksak baholangan. O’zbekiston mustaqilligi yillarida esa bu bahoning qiymati yanada oshdi. Jumladan, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida oilaning jamiyatda tutgan ijtimoiy mavqei, uning jamiyat taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi, shaxs tarbiyasida g’oyaviy asos bo’luvchi mafkuraviy qarashlarni shakllantirishdagi roliga alohida urg’u beriladi: “Oila – mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi.
Oiladagi sog’lom muhit – sog’lom mafkurani shakllantirish manbaidir”15. Shu bilan birga ushbu risolada “jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlash” respublika ma’naviy hayotida ustuvor o’rin tutadigan milliy mafkurani shakllantirish, uning maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo’lishi aytib o’tiladi.

Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin