Birinchi guruhga qisqa muddatli operatsiyalarni (amallarni) bajarish bilan bogʻliq mehnat turlari birlashtilgan. Ular katta boʻlmagan jismoniy yuklamani talab qiladi va ish harakatlarining bir maromliligi bilan farqlanadi. Ish, odatda, gavdani bir oz oldinga egib oʻtirgan holatda bajariladi. Asosiy ish harakatlari – kuchlanishli, diqqat-e’tiborni talab qiladigan qoʻllar harakati (masalan, tikuvchilar, mexanizm yigʻuvchilar, perforatorchilar, chilangarlar va b.). Gimnastika majmuasida quyidagi mashqlar ketma–ketligi tavsiya etiladi:
mashq – tortilish.
mashq – qoʻllar va oyoqlarni harakatlantirib burilishlar, yon tomonlarga va oldinga egilishlar.
mashq – 2-mashqni ancha yuqori sur’atda bajarish.
mashq – oʻtirib-turishlar, sakrashlar, yugurishlar, sport yurishi.
mashq – oʻrtadan past sur’atda oyoqlar, qoʻllar bilan siltanib harakatlanishlar.
mashq – qoʻl mushaklarini boʻshashtirish.
mashq – aniqlikka va koordinatsiyaga yoʻnaltirilgan mashqlar.
Ikkinchi guruhoʻrtacha jismoniy kuchlanishlar, ancha sezilarli darajadagi diqqat-e’tibor, mehnat harakatlarining turli-tumanligi (masalan, dastgohchilar: tokarlar, frezerchilar, karuselchilar, shlifovkachilar) bilan tavsiflanadigan kasblarni birlashtiradi. Mashqlar majmualari tarkibiga ishlab chiqarish mehnati
jarayonida ishtirok etadigan mushaklarni harakatga jalb etmaydigan quyidagi turli dinamik mashqlar kiritiladi:
mashq – tortilish.
mashq – oldingi mashqni ancha yuqori sur’atda bajarish. 4-mashq – oyoqlar va qoʻllarni siltash harakatlari.
mashq – oʻtirib-turishlar, sakrashlar, yugurish, sport yurishi.
mashq – boldir va tovon mushaklarini boʻshashtirish orqali oyoqlarni siltash harakatlari.
mashq – eng faol ishlayotgan mushak guruhlarini boʻshashtirish. 8-mashq – aniqlikka va koordinatsiyaga yoʻnaltirilgan mashqlar.