Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə52/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
ilovepdf merged (2)

Sport musobaqalari - koʻrsatish uslubi, sport yutuqlarini baholash va taqqoslash, sport sohasidagi raqobatlarni oʻziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda boʻlishni kerakli omili, shaxsni tashkil
topishini vositasi, inson imkoniyatlarini anglab etish, etalon koʻrsatkichlarini tuzishga qaratilgan.
Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va jamoalarni aniqlash, sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy madaniyat va sportni targʻibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga obyektiv baho berishdir.
Sport harakati - ijtimoiy harakatning maxsus shakli boʻlib, tuzish, rivojlanish,saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi hamda Vatanning faol himoyachilarini tayyorlaydi. Oʻzbekistonda sport harakati - gʻoyaviy kurashning kerakli sohasi boʻlib, ommaga ta’sir koʻrsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonlaridan biridir. Sport harakati tarixan quyidagi shakllarni: ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi.
Sport faoliyati - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli boʻlib, inson faoliyati jarayonining koʻp qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivojlanishi hamda takomillashuvini jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy-pedagogik faoliyatlarga boʻlinadi.
Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bogʻliq: qayta tashkil topish va tushunib etish (sportchini bilishi, koʻnikma, malakalarni yuqori sport koʻrsatkichlari) tomoni mavjud.
Funksional atamalar guruhiga tayanch boʻlib, sport tayyorgarligi va sport mashgʻulotlari atamalari kiradi.
Sport tayyorgarligi - sportchilar mashgʻulotini qamrab oluvchi, koʻp omilli jarayon boʻlib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashgʻulot jarayonini va musobaqani tashkil qilish, mashgʻulot va musobaqani ilmiy-metodik va material-texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari mashgʻuloti oʻqish va dam olish bilan qoʻshib olib borishini hisobga oladi.
Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyorgarligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin