Masalan,kurashchiningmusobaqafaoliyatidaquyidagichata’kidlanadi: -kurashishining puxtaligi (qoʻllanilgan usullarning umumiy soni boʻyicha);
-hujum harakatlarining samaradorligi;
-himoya harakatlarining samaradorligi;
-charchagan sharoitdagi harakatlarning samaradorligi va x.k.
Gimnastikachilarning musobaqa faoliyatida quyidagilarni koʻrsatishmumkin: -majburiy harakatlarni bajarilishini maxsus talablarga mosligi;
-erkin dasturdagi mashqlar kompazitsiyasini ularning murakkablik darajasiga mosligi;
-musobaqa dasturiga kiritilgan mashqlar tarkibiy qismlari va boʻlimlarini bajarilishining mahoratligi;
-mashqlar orasidagi aloqaning murakkabligi va xosligi;
-amplituda, ma’nolilik, aniqlik va h.k.
100-200 metrlik qisqa masofaga yuguruvchi sportchining musobaqafaoliyatidakamida toʻrttaquyidagi xislatlarnikoʻrsatish mumkin: -start ishorasini tez ilgʻay olish;
-start chizigʻidan (past startdan taxminan 30 metrgacha) lahzada tezlay olish;
-katta tezlik bilan yugurish;
-finishning samaradorligi.
Suzuvchining jahon rekordi darajasidagi musobaqa faoliya-tining (100 metrga erkin usulda suzish) taxminiy taxlili.
Buyerdatarkibiyqisminiajratibkoʻrsatishmumkin: 1.Startning samaradorligi (dastlabki 7.5 metrni suzib oʻtish vaqti); 2.Startdan masofaviy suzishga oʻtish chogʻidagi tezlik (m/s); 3.Masofaviy suzish uchastkasidagi tezlik (m/s);
4.Masofaviy suzishda burilishga oʻtishdagi tezlik;
5-6. Burilishning samaradorligi (15 metrni suzib oʻtish vaqti boʻyicha ya’ni
7.5 m burilish shitigacha va 7.5 daqiqadan keyin); 7.Burilishdan masofaviy suzishga oʻtishdagi tezlik (m/s); 8.Masofaviy suzish uchastkasidagi tezlik (m/s); 9.Masofaviy suzishdan finishga oʻtishdagi tezlik (m/s);
10.Finishning samaradorligi (oxirgi 7.5 m masofani suzib oʻtish vaqti boʻyicha).