Qattiqqanotlilar turkumi. Bular turlar soni jihatidan eng katta turkumdir. Qo’ng’izlarning 250
mingga yaqin turi ma’lum, xarakterli xususiyatlari - birinchi juft qanotlari qattiq, tinch holatda orqa tomniga
yopishib turadi. Ularning ostida bukulgan ikinchi juft parda qanotlar joylashgan. Og’iz apparti kemiruvchi
tipda, lichinkalari chuvalchangsimon yoki kampodesimon, g’umbagi erkin harakatsiz. Qo’ng’izlarning
ko’rinishi va katta-kichikligi turli-tuman. Kattaligi 0,3-1 mm dan 10-15 sm gacha bo’lishi mumkin.
Ust qanotlari qorincha uchiga qadar yetib boradi. Lekin ba’zi turlarida qorincha oxiriga yetmay
qoladi. Stafilindlar oilasining vakillarida juda qisqargan. Ust qanotlarining boshlanish qismida aniq ajralib
turgan uchburchak qalqoncha -o’rta sklerit. Orqa qanotning tomirlanishi asosan 3 tipda bo’ladi: karaboid,
stafilinoid va kanataroid. Ba’zi tur qo’ng’izlarda, masalan vizildoqlar, qora tanlilar va boshqalarda qanotlari
yo’q. Ko’pchilik qo’ng’izlarning oyoqlari yuguruvchi yoki yuruvchi tipda, ba’zilarda, masalan yaproqsimon
mo’ylovlilarda kovlovchi tipda. Suvsuzarlar oilasinng vakillarida orqa juft oyoqlari suzuvchi yoki sakrovchi
tiplarda tuzilgan.
Ularda ovqat hazm qilish sistemasi to’la taraqqiy etgan. O’rta ichakda ko’p miqdorda mayda
o’simtalar joylashgan va yirtqich turlarida o’ljaga ovqat hazm shirasi tushirishga moslangan. Malpigiy
Dostları ilə paylaş: |