Mavzu:Qattiqqanotlilar turkumi vakillari
Ko’pchilik qo’ng’izlar yil davomida bitta, qisman 2-3 ta bo’g’in berib urchiydi. Tuproqda
uchraydigan turlari, masalan, qirsildoqlar, xrushlar asta-sekin rivojlanganligidan, bir bo’g’in urchishi uchun
3-5 yil kerak. Qo’ng’izlar asosan imago fazasida qishlaydi. Lekinda g’umbak va lichinka holatda
qishlaydigan turlar ham bor.
Qattiq qanotlilar biologik jihatdan xilma-xil, ya’ni ularni: yirtqich, o’simlikxo’r, saprofag, nekrofag,
quruqda, tuproqda, suvda yashovchi formalarga ajratish mumkin. Ushbu hasharotlar hamma yerda uchraydi
va tabiatda modda almashinuvida katta ahamiyatga ega. Qo’ng’izlarning tanasi cho’ziq shaklli. Lichinkalari yo’g’on, yumshoq, oldingi ko’kragi hajmli, bosh qismi unga botib o’rnashgan, ko’krak oyoqlari yo’q yoki juda kichik. Turlari 17 mingdan ortiq. Ko’proq turlari o’rmonlar uchun xos. Lichinkalari daraxtlar poyasida va shoxlarida kovak yasab, katta zarar keltiradi. Ba’zi turlari o’rmon mahsulotlari va hatto binolarning yog’och
qismini ham shikastlaydi. Ba’zi turlari dala ekinlariga zarar keltiradi. Masalan, kunga boqar uzun
mo’ylovdori - Agapanthli richtdahli. Bizning ulkamizda ferula uzun mo’ylovdori keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |