Maktab ustaxonalari o’z vazifasiga ko’ra o’quvchilar o’quv mehnatini ishlab chiqarish bilan bo’lgan aloqasini amalga oshiradi. O’quvchilar o’quv ustaxonalarida metallarga ishlov berish stanogida birinchi marta ishlaydilar, bu erda ular materialga ishlov berish ustida dastlabki ko’nikma va malakalarni hosil qiladilar, texnikaga oid fikrlashlari, ijodiy aktivligi va mustaqilligi ortadi, kasb haqidagi bilimlari chuqurlashadi va kengayadi.

Mehnat ta`limi darslari ham, boshqa maktab fanlari qatori o’quvchilarda havas uyg’otishi lozim, ammo uning manbai og’zaki propaganda emas, balki o’quvchilar o’z maqsad va mehnat natijalarini ko’ra oladigan ijtimoiy-foydali xarakterdagi buyumlar (maktablar, korxonalar, otaliqqa olingan bolalar bog’chasining buyurtmalar)ini tayyorlashga oid amalyy ishlar bo’lmog’i lozim.
Shuning uchun ham, maktab ustaxonalarida mehnat ta`limining to’g’ri yo’lga qo’yilishi o’quvchilarning kasb tanlashi, ayniqsa ishchi kasbini tanlashida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Ishchi kasbi bo’yicha kasbga oid axborot ishlarining asosiy yo’nalishi, xarakteri mazmunini belgilash uchun mehnat o’qituvchisi o’rganilayotgan programma temasini mashinasozlik ishlab chiqarishi bilan, bu korxonada xizmat qiluvchi xodimlarning etakchi kasblari bilan yaqindan aloqasini o’rnatmog’i zarur. SHu munosabat bilan mehnat ta`limi o’qituvchisi o’z rayonining ishlab chiqarish korxonalari hamda bu korxonalarning kasb va ixtisos bo’yicha ishchi kadrlarga bo’lgan ehtiyojini yaxshi o’rganishi lozim.

Olingan materiallar asosida o’qituvchi mehnat ta`limining konkret sanoat korxonasi bilan aloqasini aks ettiradigan jadval hamda mazkur korxona katta ehtiyoj sezayotgan etakchi ishchi kasblari ro’yxatini e`tibor bilan tuzib chiqishi kerak.
O’qituvchi mehnat darsida programmaning u yoki bu temasini o’tish jarayonida, xususan, o’quvchilar tomonidan chilangarlikning metallarga belgi qo’yish, to’g’rilash, bukish, qirqish, arralash operatsiyalarini o’zlashti-rishlarida ularni ishchi qasbi bilan qanday tanishtirganini misol asosida batafsilroq ko’rib chiqamiz. Mehnat o’qituvchisi bu operatsiyalarning to’g’ri usullarini ko’rsatib berib o’quvchilar e`tiborini bu usullarning qulayligiga, ish unumdorligi va sifatiga qaratmog’i lozim.