Mavzu: Kitob va kitobxonlik – inson ma'naviyati ko'zgusi



Yüklə 177 Kb.
səhifə3/9
tarix31.12.2021
ölçüsü177 Kb.
#113166
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kitob va kitobxonlik – inson ma'naviyati ko'zgusi

1.1. Kitob tafakkur xazinasi


Insoniyatning jaholatga qarshi birinchi muqovalangan isyoni kitobdir. Riyoyu razolat, tubanlik, pastlikka qarshi odam bolalari bino etgan ilk istehkom ham kitob sanaladi. Dunyoviy qabohat, zulmu zalolatning jahoniy xuruj-hamlasiga qarama-qarshi o‘laroq bani bashar avlodi mustahkam, yemirilmas va qudratli lashkar sanalmish kitob armiyasini bunyod etdiki, mana, ming-ming yillar, asrlardan buyon jahon sahnida bir-biriga zid ikki muqobil kuch – ma’rifat va jaholat ezgulik va yomonlik timsolida kechayu kunduz tin olmay, tinim bilmay bir-biri bilan ayovsiz kurash olib borayotir. Ming-ming yillarkim bu muhoraba bir zum bo‘lsa-da tingani yo‘q. Dunyoning bugungi avzoyiga ko‘ra hali-beri tinmog‘i ham dargumon.

Ko‘hna toshbitiklardan boshlangan kitob va kitobnavislik insoniyat tamaddunining eng buyuk, oliy kashfiyoti va mo‘jizasi sifatida bani bashar tarixida dunyo turguncha quyoshday porlab, charaqlab turmog‘i muqarrar. Eng qadim, ko‘hna kitoblarning muqovasi ham, sahifasi ham toshdan bo‘lgan.

Odamzod qavmining johilliklariyu nodonliklaridan yurak-bag‘ri qonga to‘lgan qadimiy sahroyi adib tog‘u dashtga chiqib, alam va armon bilan yon-atrofga nazar tashlarkan, oh tortgancha “Yangi olam, yangi odam qaytadan tuzmoq kerak”, degan so‘zlarni cho‘kich bilan tosh varaqqa o‘yib bitgan bo‘lsa ne ajab?

Qadim turkiy toshbitiklardan tortib O‘rxun – Enasoy yozuvlarigacha, Zarautsoy g‘oridagi suratlaru Afrosiyob naqshlari, qadim Baqtriyaning ko‘hna Kushon xatlaridan toki Oltoy tog‘laridagi toshlarga bitilgan harflarga qadar – butun bashariyat avlodiga xalqimiz tamaddunining, nasl-nasabimizu ma’rifatimiz tomirlarining naqadar qadimiyligi bilan buyukligidan darak bermaydimi?

Biz Ovrupoyu Osiyo mamlakatlaridan keltirilayotgan qog‘ozlaru kitoblarning ko‘rkam va nafisligidan hayratlanamiz, odamzod tafakkuri va taraqqiyotining eng go‘zal mevalari, noshirlik san’atining eng oxirgi namunalari sifatida qo‘lga olganda zavqlanamiz, havasimiz keladi. Yozuv qog‘ozlari shu darajada sifatli va nafiski, odam bir harf yozishga yo qoralashga ham qo‘li bormay botinolmay turadi.

Ana endi Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sidan 1497-1498-yil voqealaridagi mana bu iqtibosga e’tibor bering: “Samarqand shahri ajab orasta shahredur, bu shaharda bir xususiyate borkim, o‘zga kam shaharda andoq bo‘lg‘ay… Xo‘p nonvoliqlari va oshpazliqlari bordur. Olamda yaxshi qog‘az Samarqanddin chiqar. Juvozi qog‘azlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar…”

Kitobat san’ati haqida gapirar ekan, Bobur bobomiz 1505-1506-yil voqealarida Sulton Husayn Mirzo davridan, hazrat Navoiy zamonidan shunday ma’lumotni keltirib o‘tadi: “Xushnavislardin agarchi xili kishi bor edi, vale borining saromadi nasx ta’liqda Sulton Ali Mashhadiy edi. Mirzo uchun, Alisherbek uchun qalin kitobatlar qildi. Har kunda o‘ttuz bayt Mirzo uchun va yigirma bayt Alisherbek uchun bitir edi”.

Qur’oni Karimning bizdagi eng muhtasham kitobatida Sohibqiron Amir Temur bobomizning ko‘z nurlari bilan qo‘l izlari qolgan.

Bizning elda, baxshilarimiz tilida “Alpomish” dostoni yangrab, tog‘u toshlar sel bo‘lib oqqan asrlarda boshqa elatlar endigina patqalamga o‘rgana boshlagan edi.

Eng qadim va donishmand noshir sifatida xalqimiz “Avesto” singari ulkan nashrni insoniyat tamadduni va tarixining kitob javonida hanuzga qadar saqlab kelmoqda.

“Temur tuzuklari” timsolida bizning ajdodlarimiz davlatchilik va sarkardalik, lashkar tutish va harbu zarb yuritishning qomusiy tamoyillari va yo‘riqlarini tuzganlarida, bugun dunyoga dag‘dag‘a solayotgan ayrim mamlakatlarning Yer yuzida nomi nishoni ham yo‘q edi. Holbuki, ayni shu davlatlarning armiyasida Amir Temur bobomiz tuzuklaridagi lashkar tuzish, jang yuritish san’ati va uslublari harbiy taktika darslari sifatida hozirga qadar o‘qitilib, o‘rgatilib kelinmoqda.

Bobolarimiz butun ro‘yi olamni, Yerni ham, samoni ham bilim bilan, tafakkur va kitob bilan zabt etgan. Seryulduz osmon Mirzo Ulug‘bek bobomizning duraxshon kutubxonasiga o‘xshaydi. Termiziylardan Buxoriylargacha, Ibn Sinolaru Beruniylar, Ulug‘beklaru Farg‘oniy va Xorazmiy bobolargacha jahonni aqlu zakovat, ilmu hikmat bilan egallagan buyuk jahongirlar bo‘lgan.

“Ne mulk ichraki bir farmon yibordim, Aning zabtig‘a bir devon yibordim” deganlarida Navoiy hazratlari birgina o‘zlarini emas, ilmu ma’rifati bilan jahonkushoylik qilgan sarzaminimizning barcha buyuk allomalari, dong‘i olamshumul bobolarimizni ham nazarda tutganlar desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Haligacha u yog‘i Amriqoyu bu yog‘i Ovrupo qadar, Hindu Xitoydan tortib Fransiyayu Avstriyogacha, Eronu Misrgacha, Istanbulu Londondan toki Tokioga qadar biron bir kitob “Boburnoma” yanglig‘ Yer yuzi o‘lkalarini bunchalik bardavom zabt etolgan emas.

Ikki mustabid tuzum – 130-yillik istibdod davrida millatimizning nainki ulug‘ farzandlari, balki milliy mafkurasi bilan ma’naviyati ham ta’qib va tazyiq ostida kun kechirdi. Cho‘lponu Qodiriylar, Fitratlaru Usmon Nosirlar qatorida ularning kitoblari ham qatag‘onga uchradi.

Olis va yaqin o‘tmishimizning mana shu sharafli, ayni paytda qiyin va iztirobli burjlaridan turib, bugungi hayotimiz, ozod va obod ona Vatanimizning ko‘rku jamoliga nazar solsangiz va bular haqda bugungi navqiron naslga, istiqlol farzandlariga gurung bersangiz agar – ko‘p gaplaringizga cho‘pchak aytayaptimi deya ishonqiramay qarashi turgan gap. Xuddi mana shu ishonqiramay qaramasligi, millatini, tarixini, qayerdan kelayotganiyu qay manzil sari ketayotganini bilmog‘i, anglamog‘i uchun ham, xalqining, Vatanining sha’nu shavkatini baland ko‘tarib, buyuk bobolari nomiga loyiq va munosib farzand bo‘lib kamol topmog‘i uchun ham – KITOB O‘QING deyilayapti.

Bu borada istiqlolimizning Bosh me’mori, mustaqil davlatimiz asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning jasoratlarga to‘la sermazmun hayot yo‘li bilan kitoblariyu hikmatlari yoshlarimiz uchun tom ma’noda matonat va sadoqat, yurtparvarlik va fidoyilikning betakror timsoli, haqiqiy ibrat va ma’rifat dorilfununi bo‘la oladi. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitoblari hazilakam kitoblar emasligini, ularda el-ulus bilan xalqni millatga, mamlakatni esa haqiqiy Vatanga aylantirolgan ma’ruza va maqolalar borligini bugungi avlod bilmog‘i, yuragida, fikru yodi bilan jismu jonida olib yurmog‘i kerak. Millatning buyuk bir farzandi, matonatli Buyuk Shaxsning bedor yuragi urib turgan bu asarlar to o‘zbek xalqi mavjud ekan, toki O‘zbekiston deb atalmish ozod Vatan poydor ekan – hech qachon eskirmaydi, hamisha mardlik va shijoat, g‘urur va iftixorning chinakam tarjimai holi va sadoqatnomasi bo‘lib yashayveradi.

– Bugungi bolalar ertangi kun xalqqa aylanadi, – dedi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev. – Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.

Buyuk adabiyot namoyondalari kitobga tafakkurning tolmas qanoti, deb ta’rif berganlarida, u inson ma’naviy olamini boyitishini nazarda tutganlar. Kitob Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarga mehr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishning eng yaxshi vositasi sifatida qadrlanadi.

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Zero, “kitob bizni yerdan ko‘kka ko‘taradigan, barkamollik sari yetaklaydigan, qalbga yorug‘lik baxsh etadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga o‘rgatadigan insoniyatning eng noyob kashfiyotidir”, deydi davlatimiz rahbari.

    1. Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi

Olimlar, ziyolilar, mamlakat va millat kelajagi uchun chuqur qayg‘urganlarni yaqin-yaqingacha bir narsa qiynab kelardi: nega yoshlarimiz, umuman, fuqarolarimiz o‘rtasida kitobxonlik madaniyati pasayib ketdi, nima uchun yerdan ko‘kka ko‘taradigan, bizni barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug‘lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravishda anglatishga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot – kitobning qadri tushib ketmoqda? Ne sababdan ayrimlar kitob o‘qiganlarni zamondan orqada qolayotganlar qatoriga qo‘shib qo‘ymoqda?

Darhaqiqat, bu savollar barchamizni qiynar edi. Men shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 19 oktabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdidagi saylovoldi ma'ruzasida bildirilgan ayrim fikrlari xususida to‘htalmoqchi edim. Ma'ruzada bugungi kunda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so‘z yuritish mumkin emasligiga e'tibor berilgan. 

“Ayni paytda, - deydi Shavkat Miromonovich, - axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga,  aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. (“XXI asr”, 2016, 20 oktabr)

Gapning ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ushbu fikrlar mamlakatimizdagi barcha ziyolilar, millat kelajagi, uning ma'naviy barkamolligi uchun tashvishda bo‘lganlarning yurak-yuragidagi gap bo‘ldi. Kitob barchamizga charog‘on yo‘lni ko‘rsatishini, ma'naviy olamimizni shakllantirishini, kelajakdagi yagona yagona to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishini bilsakda, uni o‘qimasak, kitobning insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot ekanligini tushunsakda, ammo uni “kult” darajasiga ko‘tarmasak-bu holda bizning kitob to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz xato bo‘lmaydimi?

Ana shu fikrlar bilan oshno bo‘lib turganimizda, kechagina muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” (2017 yil 12 yanvar)gi farmoyishi e'lon qilindi. Mazkur farmoyish kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma'naviy hayotidagi o‘rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko‘targanligi bilan izohlanadi. Ta'kidlanishicha, bugungi kunda matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilingan. 1677 ta matbaa korxonalari, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta hududiy birlik axborot-kutubxona markazi, tuman va shahar markazlaridagi ta'lim mussasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota'minot” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Farmoyishning ibratli jihati shundan iboratki, unda kitob mahsulotlari nashr etish, tarqatish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, mavjud kamchilik, xatolar ro‘y-rost ochib berilgan. Ayniqsa, badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta'lim muassasalarini ta'minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagani, ta'lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar yetarli darajada mavjud bo‘lgan manbalar hisobidan jalb etilmayotgani, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta'lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotlarini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yuksak talablar darajasida emasligiga alohida e'tibor berilgan. 




Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin