Мавзу: Комил Хоразмий



Yüklə 7,05 Mb.
səhifə32/95
tarix11.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#129983
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Мавзу Комил Хоразмий

Fanning maqsadi. O’zbek filologiyasi ta’limi bakalavriat yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida butun Turkiston o’lkasida qudratli fikriy uyg’onishga tamal tosh qo’ygan milliy uyg’onish davri adabiyoti haqida bilim va tushuncha berish. Talaba-yoshlarda bilim, ko’nikma va malakalar tizimini tarkib toptirish va shakllantirish.
Fanni o’qitishning vazifalari. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining shakllanishi, uning o’ziga xos xususiyatlari, yirik siymolar – Komil Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy kabilarning hayoti va ijodi bilan tanishtirishdir.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin