1. Yig'indidan qo‘shiluvchini ayirganda ikkinchi qo‘shiluvchi hosil bo'ladi; 2. Kamayuvchidan ayirmani ayirganda ayiriluvchi hosil bo'ladi; 3. Ayiriluvchiga ayirmani qo‘shganda kamayuvchi hosil bo'ladi. SONGA YIG‘INDINI QO‘SHISH. SONDAN YIG‘INDINI AYIRISH Sondan yig'indini ayirish uchun qo'shiluvchilami bu sondan ketma- ket yoki qulay usulda ayiriladi. Na’muna: 793 - (393 - 287) = (793 - 393) + 287 = 400 + 287 = 687 7 9 3 -( 3 9 3 -2 8 7 ) = 7 9 3 -1 0 6 = 687 Sondan ayirmani ayirish uchun bu sondan kamayuvchini ayirib, natijaga ayiriluvchini qo'shish mumkin. YIG‘INDIDAN VA AYIRMADAN SONNI AYIRISH Yig’indidan sonni ayirish uchun: a) avval yig'indi, keyin ayirma topiladi yoki b) ayiriluvchini istagan qulay qo'shiluvchidan ayirib, natijani ikkinchi qo'shiluvchiga qo'shish mumkin. Ayirmadan sonni ayirish uchun: a) avval qavs ichidagi, keyin tashqaridagi amal bajariladi; b) kamayuvchidan ayiriluvchilar yig'indisini ayirish mumkin; d) kamayuvchidan qulay ayiriluvchini ayirib, natijadan ikkinchi ayiriluvchini ayirish mumkin. NOLNI KO’PAYTIRISH VA UNI BO’LISH Quyidagi savollarga javob bering: a) ko'paytma qachon ko'payuvchiga teng bo'ladi? b) ko'paytma qachon nolga teng bo'ladi? d) bo'linma qachon nolga teng bo'ladi? e) bo'linma qachon bo'linuvchiga teng bo'ladi ? f) bo'linma qachon birga teng bo'ladi? Nolga bo'lish mumkin emas! | n : 0 | 0 : 0 YAXLIT O’NLIKLARNI BIR XONALI SONGA KOPAYTIRISH VA BO’LISH 1. 3 ООО*4 = (3 * 1 ООО) *4 = 12* 1ООО = 1 2 ООО