Belgilarni o'chirish. Buning uchun kursorni o'chiriladigan belgining yoniga o'rnatish kerak. Bu amal kursorni boshqarish tugmalari yordamida bajariladi: , , , . Kursorni sichqoncha yordamida ham o'rnatish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini kerakli joyga olib borib, bosishni bajarish kerak. Kursor kerakli joyga o'rnatilgandan keyin belgini yoki belgilarning guruhini o'chirish mumkin. Buning uchun (BACKSPACE) yoki DELETE tugmalardan foydalaniladi. BACKSPACE tugmasi yordamida kursordan chapda joylashgan belgilar o'chiriladi. DELETE tugmasi esa kursordan o'ngda joylashgan belgilarni o'chiradi.
Yangi belgilarni kiritish.Tayyorlangan matnga yangi belgilarni kiritish o'xshash bajariladi. Boshida kursor kerakli joyga o'rnatiladi va belgilar kiritiladi. Matnni kiritishda ikkita tartibdan foydalanish mumkin: ichiga qo'yib (surib) yozish va almashtirib yozish. Bu tartiblar klaviaturadan INSERT tugmasini bosish yoki holat satridagi ЗАM indikatorida sichqonchada ikkitalik bosish orqali o'rnatiladi. Ichiga qo'yib yozish tartibida yangi belgilar matnni o'nga surib kiritiladi. Almashtirib yozish tartibida esa yangi belgilar matnning belgilarini o'chirib, eskilarining o'rniga kiritiladi.
Matnning qismlari bilan ishlash. Matnli hujjat bilan ishlashda matnning yirik qismlarini o'chirish, nusxa olish va ko'chirish mumkin. Buning uchun matnning qismi belgilanadi. Matnning qismi belgilash uchun SHIFT tugmasidan foydalaniladi. SHIFT tugmasi bilan birga kursorni boshqarish tugmalari bosiladi. Matnni cho'zish usulidan foydalanib ham belgilash mumkin (chap tugmasi bosilgan xolda sichqonchani xarakatlantirish). Belgilangan matnni o'chirish uchun DELETE tugmasidan foydalaniladi. Nusxa olish va ko'chirish uchun ma'lumotlar buferidan foydalaniladi:
Shift + Delete (yoki CTRL + X) – buferga ko'chirish (qirqib olish) Ctrl + Insert (yoki CTRL + S) – buferga nusxa ko'chirish Shift + Insert (yoki CTRL + V) – buferdan olib qo'yish Klaviatura yordamida kursorni boshqarish