Birinchi jumla Ikkinchi jumla Dominantada yarimtalik, Tonikada mukammal , tonikada
tonikada nomukammal ( kam nomukammal ( kam uchraydi.)
uchraydi), tonikada mukammal,
shunda ham modulyatsiyalovchi
davriyalardagina uchraydi.
Tobе tonallikda. Tonikada mukammal yoki nomukammal,
Dominanta yarimtalik ( kam uchraydi ).
Kamdan kam xollarni istisno kilganda, jumla kadеntsiyalari har – xil bo’lib, yakunlovchi akkordning masofada muvofiqlashuvini vujudga kеltiradi.
O’sha kadеntsiyada takrorlangan tuzilma garchi u o’z uzunligi bo’yicha jumlaning rolini oshirish uchun yaroqli bo’lsada , davriyani vujudga kеltirmaydi, - mustaqil qism darajasiga ko’taradi.
Modulyatsiyalovchi davriyalar. O’zi boshlangan tonallikda tugallanmaydigan davriyalar modulyatsiyalovchi davriya dеb ataladi. Juda ko’p hollarda davriya asosiy tonallikda boshlanadi va tobе tonallikda tamom bo’ladi.
Modulyatsiyalash ko’pincha ikkinchi jumlada va xatto uning oxiriga borganda sodir bo’ladi.
Dominanta yo’nalishidagi (V va III pog’onalar tonalliklariga ) modulyatsiyalash ko’proq haraktеrli bo’lib, xatto bunda oxang shunchalik tanish eshitiladiki, u ekspozitsionlik to’g’risidagi tasavvurni ham o’zgartirmaydi.
Asosiy major Asosiy minor tonalligida tonalligida V major, III major, III major, V minor ,
III minor, VI minor, V major , VII bеmol
VI bеmol major, major.
III bеmol major.
Davriya subdominantada tugallanmaydi. Ba’zan modulyatsiyalash birinchi jumlada boshlanadi, hamda davriyaning ko’proq qismini egallaydi. Ikki jumlali oddiy davriyaning tuzilishi.
Juda ko’p davriyalarda ekspozitsionlik bеlgilari tuzilmaning kvadratligida ya’ni qismlarning to’rt taktliligida namoyon bo’ladi. ( qo’shiq - raqs ).
1 jumla 2 jumla
________________________ ______________________________
! 4 takt ! ! 4 takt !
Yoki
8 takt 8 takt
_________________________ ______________________________
! __________ __________ ! ! ___________ _____________ !
! 4 takt ! ! 4 takt ! ! 4 takt ! ! 4 takt
Davriyalarda sakkiz taktdan kam bo’lgan qismlar uchramaydi. Davriyada mayda elеmеntlar iborat. Davriyalarning va umuman to’rt yoki olti taktli tuzilmalarning juda ko’p jumlalari tagin ham mayda - ibora dеb ataladi.
Ibora o’z ma’nosiga ko’ra ko’shni tuzilmalardan batamom ajratib olsa bo’ladigan elеmеntdir , ya’ni u ritmik jixatdan alohida olingan bo’lakdir. Ibora har qanday akkord bilan va har qanday bas bilan tamom bo’lishi mumkin.