Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Yüklə 470,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix08.02.2023
ölçüsü470,41 Kb.
#123171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ajratilgan bo\'laklar, uyushiq bo\'laklar tahlili

Masalan:
a) Buloqning suvi, podshox zamondagi mazlumlarning ko'zlaridan oqqan yosh 
kabi tinmay to'lib toshdi. (SH.R)
b) Farxodning qoyalarni o'pirgan afsonaviy teshasi kabi, shoir fikri toshlarni 
yaxlid kesib, misralarga boylab, qalab ketdi.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar o'zidan oldin kelgan xolning 
so'rog'i va vazifasiga teng bo'ladi. Ajratishning bu turi tilimizda keng qo'llanadi. 
Ayniqsa, ajratilgan payt va o'rin xollari juda ko'p ishlatiladi.
Ajratilgan o'rin xoli.
Masalan:
1. Nariroqda, garb tomonda, Lena tog'lari yuksaldi. (O.T)
2. Ayvon oldida, otxonaning lang ochiq eshigi yonida, otlar qarsillatib yem yeb 
turardi.


32 
Ajratilgan payt xoli
Masalan:
1. Bugun, darsdan keyin, maktabda ota-onalar yig'ilishi chaqirilgan edi.
2. Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamrox bo'lib qoldi.
 Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilarining ishlatilishi
Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.
1. Ajratilgan bo'laklar odatda vergul bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo'lak gapning boshida kelsa, undan so'ng, oxirida kelsa undan oldin, 
gapning ichida kelsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi.
Misollar:
1. Ko'm-ko'k barglarga burkangan daraxtlarni tebratib, salqin shabada esadi.
2. “Dunyoning ishlari ko'p qiziq-da”, dedi Zebixon, o'ziga-o'zi gapirganday. 
(S.Z)
3. Jangchilar, nima haqida gap kelayotganligini bilmay, qiziqish va xayrat bilan 
qarashardi. (O)
3. Ajratilgan bo'lakning sostai keng bo'lsa yoki uning ichida vergul bo'lsa, 
bunday ajratilgan bo'laklar tire (-) bilan ajratiladi.
Masalan:
1. Axir u mana shu o'tirganlar -erkaklar, ayollar va besh yosh bolalar uchun-
frontda kon to'kmaganmi?! (SH.R)
2. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga -Roziyani avvaliday 
go'zal, shod ko'rish niyatiga-Sattor bir laxzada yetdi. (P.K)
3. Ajratilgan bo'lak izoxlanmishning ma'nosini ochib bersa (ular o'rtasida ya'ni 
so'zini ishlatish mumkin bo'lsa), bunday ajratilgan bo'lak ham tire (-) bilan ajratiladi. 
Bunday xolatda ajratilgan bo'lak bilan keyingi gap bo'laklari orasiga hech qanday belgi 
qo'yilmaydi. Chunki ular o'rtasida ajratuvchi pauza yo'q. Ular umumiy intonasiyaga 
ega bo'ladi.


33 
Masalan:
1. Bambur Nargizning vatani-Gullar bog'ini bilardi. (SH.R)
2. Biri aks etadi gullarda, 
Biri olim-yoqimli, xushfe'l. (X.P)


34 
Xulosa 
Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham 
qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari 
bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan 
umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan 
umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: 
Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. (Oybek). 
Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani 
so`roqlayotganday bo`ladi. (P.Qodirov). 
Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi. 
Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); 
zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi 
yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. 
Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida 
bo`lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko`rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh 
zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad). 
Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali, 
shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular 
orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. 
(F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. 
(S.Karomatov). 
Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan 
oldin kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma erda: uylarda, 
ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi. 
(Oybek). 
Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so`ng kelganda, undan oldin 
tire qo`yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo`ylab 
chopdilar. (R.Fayziy) 


35 
Gapning ajratilgan bo`laklari 
Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi 
mumkin. Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning 
ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus 
to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh 
yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq turdi. (O.YOqubov). Ish qanchalik 
qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan 
ishlardik. (CH.Aytmatov). 
Birinchi gapda «qo`sh yong`oqning tagida» o`rin holi o`zidan oldin kelgan 
«soyda» so`zining ma’nosini, ikkinchi gapda «yoshlar» o`zidan oldin kelgan «biz» 
so`zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo`laklaridan to`xtam (pauza) bilan 
ajratilgan. Ajratilgan bo`laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo`lagi shaklida 
qo`llangan. 
Ajratilgan bo`laklar oborot shaklida ham bo`lishi mumkin. Masalan: Vohid 
Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog`ining yonidan 
o`tkazib yubordi. (O.YOqubov). 
Keltirilgan gapda «uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib» ravishdosh 
oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini 
ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan. 
Demak, ajratilgan bo`laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo`lagi shaklida 
va 2) oborot shaklida bo`lishi mumkin. 


36 

Yüklə 470,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin