(Fonetika – nutqdagi, fonologiya «ongdagi» holatni o’rganadi). SHuning uchun, fonetika fonologiya bilan tilning material – ifoda rejasini o’rganish borasida umumiylik tashkil qiladi
(Fonetika – nutqdagi, fonologiya «ongdagi» holatni o’rganadi). SHuning uchun, fonetika fonologiya bilan tilning material – ifoda rejasini o’rganish borasida umumiylik tashkil qiladi.
(Fonetika – nutqdagi, fonologiya «ongdagi» holatni o’rganadi). SHuning uchun, fonetika fonologiya bilan tilning material – ifoda rejasini o’rganish borasida umumiylik tashkil qiladi.
Fonema – tildagi ma’nodor birliklar bo’lmish so’z va marfemalarni tashkil etuvchi va ularni farqlash uchun xizmat qiluvchi, tilning eng kichik, o’zi mustaqil ma’noga ega bo’lmagan (bir planli) birligidir. Masalan, qol, qul, qo’l; tor, tog’, tok, tol; boy, bor, bog’ so’zlarida o, u, o’, r, g’, k, l; y, r, g’ fonemalariga ko’ra ma’no farqlangan.
Fonemaning tovushga va tovushning fonemaga munosabati turlicha bo’ladi. Barcha fonemalar tovush hisoblanadi, ammo har bir nutq tovushini fonema deb bo’lmaydi. Jumladan, p va t undoshlari pol, tol so’zlarida alohida fonema sanaladi. SHu undoshlar kitop (kitob), ozot (ozod) so’zlarida talaffuz jihatidan alohida tovush bo’lsa ham, lekin fonema emas, ular jarangsiz tovush bilan yondosh holda yoki so’z oxirida jarangsizlashib, b, d fonemalarining varianti bo’lib kelgan. Jarangsizlashish nutq jarayonida yuz bergani uchun ham u tovushga (tovush o’zgarishi) tegishli holat hisoblanadi (fonemaga emas).
Fonema varianti – fonema ottenkalari (L.V.SHcherba) deb ham yuritiladi. Fonema ottenkalari deganda til tovushlarining (fonemalarning) talaffuzdagi real ko’rinishi tushiniladi. Ular ikki xil bo’ladi: 1) kombinator ottenka – fonemaning so’z tarkibidagi boshqa tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko’rinishi. Masalan, ketdi-ketti («t» ning ta’sirida «d» ham jarangsizlashdi). 2) pozision ottenka – fonemalarning so’zda tutgan o’rniga ko’ra moslashishi. Masalan, kitob-kitop («b» undoshi so’z oxirida kelgani uchun ham jarangsiz «p» variantini hosil qilyapti).