Professor I.I.Zarubin o’zbek shevalarini to’rt guruhga bo’lib tasnif qiladi: 1)Xiva; 2) Farg’ona; 3)Toshkent; 4)Samarqand-Buxoro shevalari.
I.I.Zarubinning bu tasnifida o’zbek shevalari orasida katta o’rin tutgan hozirgi O’zbekistonning anchagina hududiga tarqalgan qipchoq j-lovchi shevalari va shimoliy o’zbek shevalari hisobga olinmagan.
K.K.Yudaxin tasnifi
K.K.Yudaxin o’zbek shevalari tasnifining ikki variantini tavsiya etadi: U o’zining dastlabki variantida o’zbek shevalarining tojik tili bilan bo’lgan munosabati va singarmonizmni saqlash darajasiga qarab, to’rt guruhga ajratadi.
1)asl turkiy tovush tarkibi va singarmonizmni saqlagan o’zbek shevalari;
2)o’z tovush tarkibini qisman o’zgartirgan, singarmonizmni yo’qotgan shevalar;
3)eron tillari oilasiga mansub unlilar tarkibini saqlagan shevalar;
4)o’zbek va tojik tillarida so’zlashadigan tojik shevalari (Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda).
Keyinchalik, K.K.Yudaxin o’zbek shevalarini o’ziga xos xususiyatlari bilan mufassal tanishib, avvalgi tasnifiga tegishli aniqliklar kiritdi va o’zbek shevalarini besh guruhga bo’ldi: Toshkent, Farg’ona, Qipchoq, Xiva, (Xiva-o’g’uz) va shimoliy o’zbek shevalari.
E.D.Polivanov tasnifi
E.D.Polivanov tomonidan bir qator o’zbek shevalari va dialektlari o’rganib chiqildi va shu asosda shevalarning mukammal tasnifi berildi.
E.D.Polivanov o’z tasnifida tildagi ikki holatni ko’zda tutadi: 1)metisatsiya (qardosh tillarning chatishuvi);
U shevalarda uchraydigan barcha fonetik o’zgarishlarni hisobga olib, o’zbek shevalarini bir necha guruhga bo’ladi. Eronlashish nuqtai nazaridan, ya’ni ba’zi o’zbek shevalarining tiklanish protsessida tojik tilining ishtirokini hisobga olib quyidagicha guruhlashtiradi.