Sheva va dialektlar leksikasi leksik materiallarning ommaviyligiga ko’ra uch qatlamga bo’linadi:
A) keng qatlam. bu qatlamga kiruvchi so’zlar shevalar uchun ham umumiy bo’lgan so’zlardir;
B) O’rta qatlam. Ushbu qatlamga mansub so’zlar asosan dialektlarga xos bo’lib, adabiy tilda ham ma’lum darajada uchrab turadigan, tilga olinadigan so’zlardir;
V) Tor qatlam. Bu qatlamga kirgan so’zlar faqat katta yoki kichik territoriyada yashovchi xalqlar, territorial shevada, dialektda ishlatilib ularning o’zlarigagina tushunarli bo’ladi.
O’zbek shevalarida dialektal so’zlarning fonetik, morfologik, leksik-morfologik leksik-semantik tiplari uchraydi. Masalan adabiy orfografik soch so’zi Toshkent choch, Andijonda va qipchoq shevalarida chech, adab.orfog. tuxum qorluq lahjasiga oid sheva va dialektlarning deyarli hammasida tuxum, qipchoq lahjasida mayek, o’g’izlarda yimirte kabi…
Keltirilgan misollarning strukturasi butunlay boshqa-boshqa bo’lishiga qaramay, mazkur shevalararo birgina predmet, narsa va hodisani bildiradi, bu dialektal so’zlar to’liq munosabatdosh bo’ladi. Ularning vazifasi ham bir xil. Bu munosabatdoshlik nisbiy bo’lishi ham mumkin. Masalan, Samarqand gruppa shevalarida qo’llanadigan nonper // nomper so’zi Toshkent gruppa shevalarida uchraydigan chekch-chekich so’ziga munosabatdoshdek ko’rinadi. Lekin bu ikki predmet vazifa jihatdan o’xshash bo’lsada, shakl jihatdan boshqa – boshqadir. Nonper- patdan yasaladi, chekich yog’och va simdan yasaladi. Keyinchalik nonper so’zi yog’ochga sim qadab yasalganpredmetga nisbatan ham qo’llanadi.

O’zbek shevalarida shunday so’zlar ham borki, shakl jihatdan bir xil bo’lsa-da shevalararo boshqa - boshqa ma’nolarni anglatadi.
Toshkent - aravaning qismi
Shet
Farg’ona – a) narvon, b)arava qismi;
Toshkent pashsha (muxa)
Pashsha
Farg’ona chivin (komar).
3-asosiy savol:
O’zbek shevalaridagi o’zlashgan leksik qatlamlar.
O’zbek shevalari leksikasining etimologik sostavida tub turkiy so’zlar bilan birga ma’lum darajada arab va tojik tillaridan o’zlashgan so’zlar, ko’plab miqdorda ruscha va rus tili orqali g’arbiy Ovropa tillaridan o’zlashgan so’zlar mavjud. Ana shunga ko’ra, o’zbek shevalari leksik sostavida, asosan ikki leksik qatlam bor:
1)turkiy leksik qatlam;
2)o’zlashtirilgan leksik qatlam.
O’zbek shevalarida turkimy leksik qatlam o’zlashtirilgan leksik qatlamga nisbatan ko’pchilikni tashkil qiladi. 55-60 % 30-45%
O’zlashtirilgan leksik qatlam. O’zbek tili shevalarida boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar ham bor. Bu so’zlar o’zbek shevalariga leksik material sifatida qabul qilinib, shu til sistemasida yangi shakl oladi. Ko’pincha bunday so’zlarning asl grammatik formalari boshqa ( qabul qiluvchi til, sheva ) grammatik formalar bilan almashadi
Masalan arab tilidan kirgan ahvol (birligi hol), fuqaro (faqirlar, birligi faqir), asbob (qurol ma’nosini bildiradi, aslida sabab so’zining ko’pligi ), ayyom (hayit, bayram ma’nosini bildiradi, aslida ar. kunlar, vaqtlar, birligi yum), alvon (qizil mato yoki turli –tuman degan ma’noni bildiradi, aslida ar. Tuslar, ranglar, birligi lavn ) kabi so’zlar arab tilidagi kabi ko’plikni bildirmaydi va ayrim morfemalarga ajralmaydi, birlikni bildiradi. O’zbek tilida bu so’zlardan ko’plikni hosil qilish uchun ko’plik affiksi (-lar) qo’shiladi: ahvol(birlik) – ahvollar (ko’plik), asbob (birlik) – asboblar (ko’plik), ayyom (birlik) – ayyomlar (ko’plik), alvon (birlik) – alvonlar (ko’plik).
Tojik xalqi bilan o’zbek xalqining asrlar mobaynida birga yashab, yaqin do’stona munosabatda bo’lganliklari natijasida o’zbek shevalari lug’at sostavida ko’pgina tojikcha so’zlar o’zlashgan. Keyingi vaqtlarda o’zbek shevalari leksikasi rus tili va u orqali boshqa tillardan kirgan so’zlar hisobiga yanada boyib bormoqda.