O’zlashtirilgan arabcha so’zlar. O’zbek adabiy tilida arab tilidan kirgan so’zlarning ko’pini ot, sifat, ravish, yordamchi so’zlar, va fe’llar tashkil qilsa, shevalarda esa asosiy o’rinni ot turkumiga xos so’zlar egallaydi. Shuni ham aytish kerakki, arabcha so’zlar miqdori j-lovchi qishloq shevalariga nisbatan shahar shevalarida ko’p: əq’l-aql, əməl-amal, opət-ofat, vəs’yat-vasiyat, qudrət-qudrat, dunyo- dunyo,’mon-imon, shər’m-sharm, sh’po-shifo kabi.

O’zbek xalq shevalariga o’zak-affiks (asos-an kabi) tipidagi so’zlar qabul qilinmagan. Lekin bunday tip yasama so’zlarning ba’zilari adabiy til ta’sirida shevalarga kirmoqda: lъy, əsosъy (əsos’y məsələ). Hozirgi kunda o’zbek shevalaridagi arabcha so’zlar sof o’zbek so’zlari kabi o’qiladi va yangi so’zlar yasashga asos bo’ladi, masalan, mъhnətchъ kabi.
Hozirgi kunda o’zbek shevalaridagi arabcha so’zlar sof o’zbek so’zlari kabi o’qiladi va yangi so’zlar yasashga asos bo’ladi. Masalan, devletl, xuquqsъz, rozly, aniqle kabi.
Tojikcha so’zlar. Tojik xalqi bilan o’zbek xalqining asrlar mobaynida birga yashab, yaqin do’stona munosabatda bo’lganliklari natijasida o’zbek shevalari lug’at sostavida ko’pgina tojikcha so’zlar o’zlashgan. O’zlashgan tojikcha so’zlarning ko’pchiligini ot, sifat, ravish va yordamchi so’zlar tashkil etadi. Masalan: ogox, belen, desh, derex, zerdob, elvolъ, zerdolъ kabi. O’zbek shevalarida –mand, parast, -bop, -boz,-bon,-duz,-paz,-hur,-parvar,-furush kabi affikslashgan tojikcha so’zlar va -be, -ba,-ser kabi affikslar yordamida yangi so’zlar yasaladi: ъshqъvoz, nesъxetgoy, etъydoz, oshpez kabi.
Ruscha va rus tili orqali kirib kelgan so’zlar. O’zbek shevalariga kirib kelagan ruscha so’zlarning qabul qilinishi O’rta Osiyoning Rossiyaga ixtiyoriy qo’shilishi bilan bog’liqdir. Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasidan keyin o’zbek tilida, shuningdek, o’zbek shevalarida sovet-internatsional so’zlarining miqdori ortdi. Bu yangi predmet, yangi tushunchalarning paydo bo’lishi va atamalarning o’zbek tiliga kirib kelishi, arxaik arab-fors so’zlarining sovet-internatsional so’zlari bilan almashtirilishi orqali sodir bo’ldi. Natijada, o’zbek tili va uning shevalariga turli sohaga oid so’z va terminlar o’zlashdi: